-har bir xolatni bolani о‘rganishning bir necha metodlari vositasida tekshirish; -eksperimental yoki tadqiqot ishlarni bajarishda olingan barcha materialni qayta tekshirish va aniqlashtirish; -eksperimentning faqatgina ijobiy natijalarini emas, balki shaxsning barcha xolatlari bо‘yicha kо‘rsatkichlarini aniqlash; -tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlarini boshqa tadqiqotchilarning ma’lumotlari bilan qiyoslash, о‘rganilayotgan sifat va hodisalarning xususiyatlaridagi о‘xshashlik va farqlarni aniqlash; -о‘qituvchilar, ota-onalar, о‘rtoqlari va bolaning fikrlarini о‘zaro solishtirib, maksimal darajadagi obyektiv ma’lumotlarni olish; -tadqiqotchining о‘z kechinmalari, hissiyotlari, simpatiya va antiptiyalari ustidan doimiy nazorat qilishi.
3.Obyektivlik tamoyili
Diaonostika metodlarini mohirlik bilan ta’lim va tarbiya metodlariga aylantirishdir. Buning uchun bir qator asoslar mavjud bо‘lib, bular shaxs hislatlari faollikda yaxshiroq namoyon bо‘lishi va faoliyat jarayonida shakllanishi; suhbat о‘quvchilarni о‘rganish bilan birga ta’lim va tarbiyalashda qо‘llanilishi
4.Ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili.
Bola shaxisni individual tarzda о‘rganish metodikasi ishlab chiqishda uni jamoadan (ijtimoiy muhit sifatida) ajratgan holda о‘rganishga xarakat qiladilar. Shu bilan birga, shaxsning mohiyati - uning tashqi dunyo bilan munosabati, dunyoqarashi, qadriyatlari sohasi kabi kо‘rsatkichlarini baholash, shaxsni tushunish uchun uning jamoadagi faoliyatini hamda jamoadagi ijtimoiy munosabatlarini о‘rganish orqali amalga oshirish mumkin
5.Jamoa va shaxsni bir vaqtning о‘zida о‘rganish tamoyili
Ushbu tamoyil shaxsdagi о‘rganilayotgan sifatlarning mohiyatini aniqlashni ularni turli sharoitlarda namoyon bо‘lishi, shakllanishi, rivojlanishini va namoyon bо‘lishini tadqiq etilishini nazarda tutadi.Pedagogika fani, agar о‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarni yaxlit tizim sifatida ilgari о‘rganilgan bо‘lmasa, uning xususiy bо‘lagini tadqiq etmaydi. Shaxsning umumiy rivojlanishi fonida shaxsiy о‘zgarishlarni aniqlash mumkin bо‘lib, bunda pedagogika fani dialektika tamoyiliga asoslanadi: о‘rganilayotgan fenomen, jarayon, sifat, mohiyatni faqatgina boshqa hodisalar, jarayonlar, rivojlanish va qarama-qarshiliklar bilan bog‘liqlikda о‘lchash, о‘rganish va tushunish mumkin.
6.Hodisalarni о‘zgarish va rivojlanishda о‘rganish tamoyili
Axloqiy tarbiyalanganlik –vatanparvarlik, baynalmilalchilik, insonparvarlik, ongli intizomlilik, mеhnatchеvarlik, bеg’arazlik, tеjamkorlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarning shakllanganlik darajalari
Shaxsning ijtimoiy faolligi –ta'lim muassasasi, rayon, shaxar va rеspublikadagi ijtimoiy-siyosiy soxalardagi hodisalarga munosabati, jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki, jamoatchilik topshiriqlarini bajarishi, ta'lim muassasasi, fakultеt, akadеmik guruh hayotidagi faoliyati.