O`quvchilar jamoasi, guruhidagi o`zaro ijtimoiy munosabatlarni diagnostika qilishda asosan sotsiomеtrik tеstlardan foydalaniladi.
Ushbu mеtodika J. Morеno tomonidan 1934 yilda taklif qilingan bo`lib, uning maohiyati – guruh a'zolarining turli sohalarda (o`qishda, dam olishda, jamoat topshiriqini bajarishda, sport jamoasida, turli to`garakda va shu kabi.) birgalikda faoliyat yuritishga yoki yuritmaslikka nisbatan bo`lgan munosabatlarini aniqlashga asoslangan.
Amaliyotda pedagogik diagnostikaning quyidagi asosiy tamoyillari mavjud
Pedagogik hodisani yaxlit о‘rganish tamoyili:
tadqiqot jarayoniga maksimal darajada tizimli yondashish; о‘rganilayotgan shaxs sifatining hamda ular о‘rtasidagi asosiy bog‘lanishlar - yosh xususiyatlari, umumiy rivojlanish darajasi, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganligi, e’tiqodlari, oiladagi ijtimoiy munosabatlarda tutgan о‘rni kabilarni aniqlash va xisobga olish; shaxs xususiyatlarini shakllanishga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning xilmaxilligini, pedagogik jarayonning borishini namoyish etish va ushbu ta’sirlarni о‘qituvchilar tomonidan boshqarish havola qilish;
о‘rganilayotgan hodisaning sodir bо‘lish mexanizmi - harakatlantiruvchi kuchlar, ularning paydo bо‘lishi, rivojlanishi, о‘zaro ta’siri, ularning tarkibiy elementlari va о‘zaro aloqasi, rivojlanish bosqichlari, shart-sharoitlari va shu kuchlarga ta’sir etuvchi asosiy omillarni ochib berish;
о‘rganilayotgan pedagogik hodisaning ta’lim jarayonidagi о‘rnini aniq belgilash, ya’ni vning о‘ziga xosligi, umumiy va xususiy vazifalari.
-pedagogik xodimalarni tadqiq etishda ushbu fenomenning pedagogik boshqaruvini о‘zida aks ettirgan mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, ichki omillar, tashqi sharoitlar kabi nazariy holatlarini aniqlash; -о‘rganilayotgan jarayonni tizim sifatida qarab, uning komponentlari (elementlari) о‘rtasidagi mumkin qadar kо‘p bog‘lanishlarni qamrab olib, ular ichidan eng muhimlarini ajratib olish; -tadqiqot davomida barcha tashqi ta’sirlarni hisobga olgan holda, pedagogik jarayonning umumiy tuzilishini buzuvchi tasodifiy ta’sirlarni bartaraf etish; -bir xil pedagogik jarayonni turli o’rganish usullari yordamida bir necha marta tekshirish, olingan ma’lumotlarning aniqligini doimiy nazorat qilib borish; o’rganish davomida olingan natijalarni falsafiy, mantiqiy va psixologikpedagogik tahlil qilish.
2.O’rganish usullaridan na’munaviy foydalanish tamoyili quyidagi talablarni bajarilishini ta’minlaydi