Pedagogning kreativlik sifatlari Hozirgi paytda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarga to’g’ri yondashgan holda ularni amalda bajarish o’qituvchining vazifasidir. Pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Hozirgi jamiyatimizda o’qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoiy bo’lishi lozim chunki, u kechiktirib bo’lmas jarayon shaxsni intellektual hamda ma’naviy qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish o’qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o’z ishiga ijodiy yondashishni talab etadi. O’qituvchining kreativligi o’z tajribasini qayta ko’rib chiqishi va yaxshilashi hammaga ma’lum narsalarni o’zgartira olishi va ijodiy foydalana olishi , sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Kreativlik tushunchasi(lot., ing. ”create”-yaratish, ”creative”yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilinganda ijod ma’nosini anglatadi. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib o’qituvchining kreativligi deb uning fikirlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkun. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. “Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to’rtta kreativlik konikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko’nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin:
Ravonlik. Ko’plab g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi ko’p degan so’zga asoslanadi.
Moslashuvchanlik. Turli g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi o’zgartirish degan so’zga asoslanadi.
O’ziga xoslik. Boshqalarga o’xshamagan, ajralib turuvchi g’oyani o’ylab topish ko'nikmasi noyob degan so'zga asoslanadi.
Yaratuvchanlik. G’oyalarni kengaytirish ko’nikmasi qo’shish degan so’zga asoslanadi.
Kreativlik darslarida pedagoglardan ajoyib g’oyalarni o’ylab topish (o’ziga xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g’oyalar bilan solishtirish va ulardagi bog’liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur ko’nikmalar bir-biri bilan kesishadi. Patti Drepeau tomonidan ham shaxsda kreativlik sifatlari ni muvaffaqiyatli rivojlantirishning to’rtta yo’li ko’rsatilgan:
Kreativ fikirlash ko’nikmasini shakllantirish;
Amaliy kreativ harakat ko’nikmalarini rivojlantirish
Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish;
Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish.
Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning ayniqsa o’qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi.
“Kretivlik yuqumli xususiyatga egadir; kreativ bo’lish uchun kishi ko’proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo’lishi lozim. Har qanday ko’nikmani shakllantirish mumkun bo’lganiday, kreativ fikirlash qobilyati yoki ko’nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu bo’lajak pedagoglarga ham taalluqli bo’lib, kreativlik ustida ishlash bo’lajak pedagoglarga noodatiy tarzda fikirlashga yordam beradi.