ko‘rsatishda, mavzu qahramonlariga nisbatan hissiy-qadriyatli
munosabatda
bo‘lish tajribasini o‘zlashtirishiga yordamlashadi.
Nutq texnikasi malakalari va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli egallash uchun
sharoit
yaratuvchi
notiqning
umumiy
ruhiy,
jismoniy
xususiyatlarini
takomillashtirish, bunda tasavvurni, obrazli xotira va fantaziyani rivojlantirish
ko‘zda tutiladi. Bunday faoliyatda tovush, diapazon, tembr, diksiya, artikulyatsiya,
ritmika, to‘g‘ri nafas olish muhim rol o‘ynaydi.
Tovush. Ba’zi o‘qituvchilarga tovush tug‘ma
qobiliyat sifatida berilgan, Lekin
bu ham mashq qilib turilmasa buziladi. O‘qituvchi o‘z tovushini kuchli,
egiluvchan, emotsional ta’sirchan qila olishi mumkin.
Diapazon - tovushning hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi
ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir xil ohangda zerikarli
bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘qituvchining bir ohangda gapirishi, tinglovchilar
tomonidan axborotni idrok qilishni pasaytiradi va ularni zeriktirishi mumkin.
Tembr - tovushning rang-barangligi, yorqinligi hamda yumshoqligini namoyon
qilib, shu bilan birga o‘qituvchi nutqining chiroyli, mayin, jozibali, o‘ziga xosligini
ta’minlaydi. Ba’zilar tovush va uning tembri tug‘ma deb bilishadi.
Lekin hozirgi
eksperimental fiziologiya tovushni to‘liq qayta qurish mumkinligini isbotlab
bergan.
Diksiya - aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi uchun
professional zarurat bo‘lib, o‘qituvchi nutqini o‘quvchilar tomonidan to‘g‘ri
tushunilishini ta’minlaydi. Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so‘z, bo‘g‘in va
tovushlarning qat’iy aniqligidir. U nutq apparati barcha a’zolarini (lablar, jag‘,
tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kekirdak, tomoq orqa devori, tovush
naychalari) birgalikda ishlashiga bog‘liqdir.
Artikulyatsiya - aniq talaffiiz qilishni takomillashtirish, ya’ni
artikulyatsiya -
nutq organlarini harakatlantirish orqali vujudga keltiriladi. Artikulyatsiya
gimnastikasi ikki turga bo‘linadi. Birinchisi nutq apparatining dastlabki mashqlari
va ikkinchisi har bir unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri aytishga o‘rgatuvchi
mashqlar (ifodali o‘qish, tez aytishlar).
Ritmika - bu ayrim so‘z bo‘g‘inlarining aytilish muddati va to‘xtalishi
gapirishdagi to‘liq davomiylik, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida
ishlatilishini bildiradi. Shu bilan birga nutqni tashkil qilish jarayoni.
Bu nutqning
muhim elementlaridan biri, bo‘lib, ba’zan intonatsiya va pauza o‘rniga so‘zdan
ko‘ra kuchli emotsional ta’sir qiladi.
Ritm nutqning eng asosiy qismidir, chunki «Nutq ohangi» va to‘xtamlar ham
tinglovchilarga beixtiyor o‘zgacha hissiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: