1) Sinonimlardan o‘rinli foydalana bilmaslik. O‘qituvchi hikoyasi davomida
bir xil so‘zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto‘g‘ri tuzilganligidan darak
beradi. Bunday holat ko‘pincha dialoglarni bayon etishda uchraydi. Masalan,
«dedi», «aytdi» kabi kesimlardan tez-tez foydalanish holatlari uchraydi. Bu so‘zlar
o‘rniga «fikr bildirdi», «ma’lum qildi», «aytdi», «so‘radi», «javob berdi» kabi
tarzdagi sinonimlardan foydalanish nutqni boyitadi va ta’sirchanligini oshiradi.
2) Shevaga xos bo‘lgan so‘zlardan foydalanish. Bu holat ham o‘qituvchi
faoliyatida uchraydigan asosiy kamchiliklardan biri bo‘lib, bu o‘quvchilarning
nutqini oshirishga salbiy ta’sir etadi. O‘qituvchi shevaga xos bo‘lgan so‘zlardan
umuman foydalanmasligi lozim.
3) Noo‘rin so‘zlarni tez-tez takrorlash. Masalan, «xo‘sh», «misol uchun»,
«aytaylik» kabi qator so‘zlar o‘qituvchilar nutqida ko‘p uchraydi. Bu holat ham
nutq samaradorligini kamaytirish bilan birga o‘quvchilarni chalg‘itadi. Ya’ni
o‘quvchilar beixtiyor o‘qituvchi nutqidagi noo‘rin so‘zlarni hisoblash bilan
mashg‘ul bo‘la boshlaydilar. Bu esa o‘z-o‘zidan ularni nutqning asosiy
mazmunidan chalg‘itadi.
4) Tavtologiya – bir o‘rinda bir xil ma’noli so‘zlardan foydalanish. Masalan,
«Bir xil ma’noli sinonim so‘zlar». Bu o‘rindagi sinonimlar – bir xil ma’noli
so‘zlarni ifodalaydi. Yoki «esdalik suvenirlar». «Suvenir» - so‘zi esdalik sovg‘a
ma’nosini anglatadi. Bunday so‘zlar o‘quvchilarni so‘zlarning asl ma’nosidan
chalg‘itishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: