5-bob. 46-modda: Pedagog xodimlarning majburiyatlari
• ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-
qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
• o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va
tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va
usullaridan foydalanishi;
• ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos
xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik
rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi)
yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun
shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
• voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya
ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari
bilan hamkorlikda olib borishi;
• ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis
hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;
• o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab
turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan
o‘tishi;
• Pedagog xodimlarning zimmasida qonun hujjatlariga,
shuningdek ta’lim oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida
tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
• Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda
axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish
taqiqlanadi.
• Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim
tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: