“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-19, Issue-1, October- 2022 36 Bugungi
kunda
bajarilayotgan
ishlardan
biri
sifatida
Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev aytganlaridek, "Biz bo'sh turgan davlat mulki obʼektlarini o’zaro
sheriklik asosida xususiy sektorga o'tkazish bo'yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet
tarmog’ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan,
tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o'rnatish zarur. Shu maqsadda 2018 -
yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha
elektron tizim tashkil etildi.
2019 - yil 13 – avgustdagi «Qishloq xo’ jaligiga mo'ljallanmagan yer
uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida»gi Qonun va Prezidentning Farmoni eʼlon
qilindi. Xususiy mulkka berilgan bunday katta eʼtibor iqtisodiyotning turli sohalari va
tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o'rinlarining ko’payishiga imkon
yaratadi. Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik
faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama
samaradorligini ko'rsatmoqda. Chunki xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat
qilishga undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik darajasi va eng asosiysi, o'zining
ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun masʼuliyat hissi
butunlay yuqori ekanligi hammaga maʼlum.
Xulosa:Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kechmay, uni
turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy-formatsion,
madaniylashish (sivilizasiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi,
iqtisodiy tizimlarning o'zgarishi kabi jihatlar bo'yicha yondashuvlar mavjud. Iqtisodiy
tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar - iqtisodiyotni
tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o'z
ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida ko'pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab, shu asosda dunyodagi
mamlakatlar iqtisodiyoti anʼanaviy iqtisodiyot, maʼmuriy buyrukbozlik iqtisodiyoti va
bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi. Mulkchilik munosabatlari - shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o'zida ifoda
etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar,
tarmoqlar, hududlar va davlat o'rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik
munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni o'zlashtirish
borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o'zida ettiradi. Agar aks mulkchilikning iqtisodiy
mazmuni u yoki bu obʼektni o'zlashtirish va foydalanish borasida subʼektlar o'rtasidagi
munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subʼektning obʼektga
nisbatan bo'lgan munosabatini aks ettiradi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish - korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning
investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish
jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan jarayondir. Mulkchilikni