“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#107690
1   2   3   4
164-167

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-24, Issue-2, December - 2022
 
165 
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahamiyatini baholar 
ekan, quyidagi fikrlarni bildiradi: faol pedagogik muloqot – o‘qituvchining, umuman 
olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonida tinglovchilarni bilish va 
o‘rganish kaliti va o‘quv faoliyatining ijodiy xarakteri, tinglovchi shaxsining 
shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo‘lgan 
emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to‘siqlarning paydo 
bo‘lishini oldini oladigan, ta’lim oluvchilar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlarni 
to‘g‘ri yo‘lga solib boshqarishni ta’minlaydigan va o‘quv-tarbiyaviy jarayonda 
o‘qituvchining o‘z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchun imkoniyatlar 
yaratadigan muhim vositadir. [2] 
Pedagogik muloqotning tuzilishida quyidagi bosqichlar alohida ajratib 
ko‘rsatiladi:[3] 
1. Modellashtirish (bashoratga doir) – pedagogik vazifalarga mos o‘zaro 
harakatning kommunikativ tuzilishini o‘ziga xos tarzda rejalashtirishni amalga 
oshirish. 
2. Bevosita muloqotni tashkil etish (kommunikativ hujum) – pedagog 
tashabbuskorlikni o‘z qo‘liga oladi, guruhni tezlik bilan ishga jalb etish texnologiyasi. 
3. Muloqotni boshqarish – qo‘llaniladigan ta’sir ko‘rsatish metodlarining 
kommunikativligini ta’minlash (tinglovchilarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, 
tinglovchilarning tashabbus ko‘rsatishini tashkil etish, dialogik muloqotni yo‘lga 
qo‘yish, o‘z mo‘ljalini real sharoit bilan uyg‘un tarzda korreksiyalash. 
4. Pedagogik muloqot uslublari amalga oshirilayotgan pedagogik muloqot 
texnologiyasining borishi va natijalarini tahlil etish. 
Muloqotning ushbu pedagogik tuzilishidagi bosqichlari pedagogik faoliyatda 
amalda qo‘llash uchun o‘qituvchidan yuksak mahorat va tajribani talab quladi, chunki 
uni o‘z o‘rnida qo‘llash, imkoniyat yaratish albatta o’qituvchiga bog‘liq bo‘ladi. Misol 
uchun, o‘qituvchi darsdan oldin qanday muloqot muhitini yaratishni o‘ylaydi va 
bundan tashqari kutilmagan vaziyatlardan chiqish tomonlariniyam hisobga oladi. 
Guruh bilan ishlash jarayonida ularni yanada faolroq bo‘lishi uchun o‘qituvchi 
kommunikativ hujumga o‘tib, tashabbuskorlikni o‘z qo‘liga olishi, muloqotni yanada 
jonlantirishi mumkin. Tashabbuskorlikni o‘z qo‘liga olganda albatta dialogik nutqni 
tashkillashtirishni unutmaslik lozim hamda bunday holatda albatta dars jarayoniga mos 
bo‘lgan metodlardan unumli foydalanish va bugungi kunning talabi bo‘lgan “Student 
centered” metodidan foydalanib o‘z o‘rnini talabalarga bo‘shatib “Student-student” 
muloqotini tashkil etishi lozim. Albatta bu jarayonda o‘qituvchi nazoratchi, yo‘l 
ko‘rsatuvchi bo’lib turadi. Dars yakunida albatta muloqot natijalarini tahlil qilish ham 
samarali natija beradi.
Muloqotni tashkil etish jarayonida umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni ham 
beqiyosdir. Mashg‘ulotlar davomida bu qadriyatlarni singdirib borish ham muloqotni 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin