“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#107690
1   2   3   4
164-167

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-24, Issue-2, December - 2022
 
166 
tashkil etishga ko‘mak beradi, ayniqsa xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida bu ancha 
muommoli vaziyatdir, chunki biz xorijiy tilni o‘rganish jarayonida ko‘proq o‘sha 
davlat an’analari, qadriyatlari geografik ma’lumotlari haqida gaplashamiz, misollar 
keltiramiz va bu misollar yanada ko‘proq qiziqishni uyg‘otishi mumkin. Agar biz shu 
kabi holatlarda keltirilgan misollarimizni o‘zimizning milliy qadriyatlarimizga uyg‘un 
holda, qiyoslagan holda berib borsak bu yanada yaxshi bo‘ladi. Talabalar nafaqat 
xorijiy davlat balki o‘z mamlakatimiz milliy qadriyatlarini chog‘ishtirgan holda xorijiy 
tilda o‘zlashtirib boradilar. Bu esa albatta ular xorijliklar bilan muloqotda bo‘lganda 
bizning milliy qadriyatlarimiz haqida bemalol ma’lumot bera olish imkoniga ega 
bo’ladilar. 
O‘zbekiston zaminida Sharq ma’naviy madaniyatining muhim jihatlari uyg‘onish 
davrida rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan al-Xorazmiy, al-Kindiy, Abu 
Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Umar Xayyom
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Shayx Sa’diy, Tusiy, Mahmud Qoshg‘ariy, 
Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi 
ko‘plab mutafakkirlarning ijodiy meroslari pedagogik tafakkur taraqqiyotida
insonning ma’naviy-axloqiy kamolotida, umumbashariy ma’naviy qadriyatlarning 
yuksalishida muhim bosqich bo‘ldi. Ular Sharqona odob-axloq talablari asosida komil 
insonni tarbiyalashning ma’naviy asosini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.
Ma’naviy madaniyat manbalarida ilgari surilgan g‘oyalarga amal qilish, ularni 
yosh avlodga o‘rgatish va ongiga singdirish o‘qituvchining jamiyat va Vatan oldidagi 
yuksak burchidir.
Inson o‘z qadr-qimmatini va o‘zligini ta’lim maskanlarida ta’lim-tarbiya 
jarayonida anglay boshlaydi. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi tomonidan o‘zaro 
muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o‘quvchilarda 
muloqot orqali ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari ifodalangan: 
Ma’naviy madaniyatni rivojlantirish mezonlari 
• har bir insonning qiziqishlarini ko‘ra bilish, his etish va hurmat qilish;
• milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o‘rganish, o‘zligini anglashga ehtiyoj;
• inson hayotida mehnatning o‘rnini to‘g‘ri tushunish;
• insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon- e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash; 
• Vatanga muhabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq manfaatlaridan 
yuqori qo‘ymaslik;
• ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitdagi kishilarga nisbatan muruvvatli, 
sahovatli bo‘lish.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar ongida muloqot asosida milliy 
qadriyatlar va ma’naviy madaniyatni shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro 
muloqotini hozirgi zamon pedagogik talablari asosida mukammal tashkil etilishni 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin