“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#107690
  1   2   3   4
164-167



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-24, Issue-2, December - 2022
 
164 
MADANIYATLARARO MULOQOTNI TASHKIL ETISHDA 
UMUMINSONIY QADRIYATLARNING USTIVORLIGI 
 
O‘zb. Res. Jamoat xavfsizligi universiteti 
Tillarni o‘rganish kafedrasi o‘qituvchilari
Sh.I.Musayeva va S.S.Mengliyeva
Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish va 
uni tashkil etishda umuminsoniy qadriyatlarning ustivorlihi hamda ahamiyati haqida 
mushohada qilingan. 
Kalit so‘zlar: madaniyatlararo muloqot, qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar
muloqot, pedagogic muloqot. 
 
Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrat manbai - xalqimizning umuminsoniy 
qadriyatlarga sodiqligidadir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik va 
insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda. Buni biz 
ko‘plab amalga oshirilayotgan ishlarda ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekistonni 
yangilashning oliy maqsadi ham ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi 
mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat
vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit 
yaratishdan iboratdir. Milliy qadriyatlarimiz bizni o‘zimiz ko‘zlaganimizdan ko‘ra 
yuqori cho‘qqilarga olib chiqadi. Chunki milliy qadriyat bu- millatning ko‘rki, 
millatning yuzi. 
Ta’lim jarayonida muloqotni tashkil etishda ham milliy qadriyatlarning o‘rni 
beqiyosdir. Uni kelajak avlod ongiga singdirib borish pedagoglardan katta mehnat va 
mahorat talab qiladi. 
Psixologik lug‘atlarda muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi:
1) muloqot– hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o‘rnatish 
va uni rivojlantirish jarayoni;
2) muloqot – belgilar tizimi orqali subyektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi. 
Muloqot- ta’lim oluvchi psixologik va ijtimoiy rivojining muhim omillaridan biri 
bo‘lib, birgalikdagi faoliyatda umumiy natijalarga erishish, shaxslararo munosabatlarni 
yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ikki yoki undan ortiq kishilarning 
o‘zaro harakati. [1] 
Pedagogik muloqot deganda pedagog va tinglovchilar jamoasi o‘rtasida o‘zaro 
birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o‘quv- tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatish va o‘zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va malakalari 
tushuniladi. Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va 
uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin