“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-2, May - 2022
24
SINF RAHBARLIGI ISHLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI. SINF
RAHBARINING MAKTAB JAMOAT TASHKILOTLARI BILAN OLIB
BORILADIGAN ISHLARI
Muralimova Muxayyo Mirzaraximovna
Toshkent viloyati Qibray tumani 16-
maktabda tarix fani oqituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada sinf rahbarligi
ishlarini tashkil etish
metodikasi, sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlari,
sinf rahbari shaxsiga qoʻyiladigan muhim talablar, maktab ustavida sinf rahbarining
asosiy vazifalari haqida batafsil bayon etilgan.
Kalit soʻzlar: sinf rahbarligi, shaxs tarbiyasi, maktab ustavi, oʻquv faoliyati.
Kirish:
Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf oʻquvchilarining qobiliyatlarini toʻliq
namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik sharoit yaratishdir.
Bu borada maktab
pedagogik va oʻquvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har
bir oʻquvchining oʻziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yoʻlga qoʻyadi.
Sinf rahbari deganda oʻquvchilarni
bir xil saviyada,
bir xil yoshda,
bilimi
jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi
pedagog sinf rahbari deb
ataladi. Sinf rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarini toʻgʻri tarbiyalash jarayonida
oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olishi
va sinf rahbari tomonidan
oʻquvchilarga eʼtiborliroq boʻlishi kerak.Oʻquvchilar bilan boʻladigan oʻzaro
munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va
rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham
sinf rahbari uchun muhim
ahamiyatga ega. Sinf rahbari qiladigan ishlari hujjatlarini olib boradi va uni maktab
maʼmuriyatiga taqdim etadi.