“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-1, November - 2022
58
JIZZAX VILOYATI GEOGRAFIK O’RNI, TABIIY GEOGRAFIK
XUSUSIYATLARI
Matmuratova Gulnoza Bahtiyarovna
Sharipova Mohistara Xamdam qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti o`qituvchisi
Annotatsiya
Jizzax viloyati tog’ oldi va tog’li hududlari okeanlardan uzoqda va materikning
ichki qismida
joylashganligidan iqlimi, asosan qurg’oqchil, kontinental iqlimdir.
Tog’li o’lkalarda tekislikka xos iqlimining ba’zi bir xususiyatlari:
masalan
kontinentallik, yillik va sutkalik
harorat tafovutning kattaligi,
havoning quruqligi,
quyosh nurining o’tkirligi va uning ta’siri kabi xususiyatlariaxamiyatlidir.
Kalit so`zi: viloyat, hudud, cho`l, g`arb, resurs, ekologik
Jizzax viloyati O’rta Osiyoning markaziy qismida, Turon tabiiy -geografik kichik
o’lkasining tog’oldi va tog’ oraliqi tekisliklari hududida joylashgan. O’zbekiston
miqyosida viloyat mamlakatimizning deyarli markazida joylashgan bo’lib, Mirzacho’l,
Qizilqum va Zarafshon tabiiy geografik o’lkalarining ma'lum bir qismlarini o’z ichiga
oladi. Viloyatning umumiy maydoni 21,2 ming kv km, aholisi 1,4 mln kishidan ortiq.
Viloyat hududi sharqdan g`arbga 182,5 km, shimoldan janubga 175 km gacha davom
etadi.
Viloyat hududi Sirdaryo va Zarafshon daryolari vodiylari oralig’ida, O’rta
Osiyoning janubi va janubi-sharqidagi baland tog’ tizimidan shimol va shimoli-g’arb
tomondagi juda keng tekislik cho’llar zonasiga tutashib ketadi. Viloyat hududi janub
va janubi – g’arb tomon balandlashib boradi va tog’
etagidagi tekisliklarga, tog’
etaklari va tog’ tizmalariga tutashadi.
Viloyatning sharqiy chegarasi quyidagi ob'ektlardan o’tadi. Janubga Chordara suv
ombori bilan 410 10' sh.k., shimoliy-sharqdan janubga Aydar ko’lining
sharqiy
qismidagi Mirzacho’l tekisligi 400 50' sh.k.gacha
davom etadi,
shu tekislik orqali
janubi-sharqqa tomon Markaziy Mirzacho’l
kollektori orqali, xalqaro temir yo’lni
kesib o’tib janubga Mirzacho’l tekisligi va xalqaro avtomobil yo’ligacha (M-39),
ushbu yo’ldan janubiy-g’arb, so’ngra janubga Sarkisov nomidagi Janubiy Mirzacho’l
kanaligacha, kanal orqali 68
0
36' shq.u. gacha davom etib, janubga xalqaro temir yo’l
hamda Tojikiston Respublikasi davlati chegarasigacha, janubi-sharqqa 2-tojik mashina
kanali orqali 69
0
04' shq.u. gacha, janubga tomon Tojikiston
Respublikasi chegarasi
orqali tog’ oldi tekisliklari (600-1000m), so’ngra janubi-g’arbga, janubga Zomin tog’
etaklari, Zomin milliy bog’i chegarasi bilan Shaxriston dovonigacha (3378m) davom
etadi. Viloyatning janubiy chegarasi Turkiston tizmasining Shaxriston (3378m),