“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#160375
1   2   3   4   5   6   7
113-118

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-33, Issue-2, May-2023
 
116
O‘qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan 
biri. O’qitish metodi tushunchasiga olimlar tomonidan turli ta’riflar berilgan. O’qitish 
metodi bu o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib ,uning evaziga 
o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarni egallab oladilar.O’quvchilarning 
dunyoqarashi shakllanadi, hayotga va mehnatga tayyorlanadi. Shunday qilib, o‘qitish 
metodlari o‘zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi uchta asosiy vazifani bajaradi. 
O‘qitish metodlaridan, ta’limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos 
keladiganlariga ongli tanlab olish uchun oldin hamma o‘qitish metodlarini tasniflashni 
o‘rganib chiqish zarur. Matematika metodikasiga doir tadqiqotlarda boshqa 
metodlardan ham foydalaniladi. Odatda bu metodlarning hammasidan birgalikda 
foydalanish, bu xil natijalarning ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. Hozirgi zamon 
didaktikasida o‘qitish metodlari tasnifida har xil yondoshish mavjud. 
1. Оg’zаki mеtоdlаr. Bundа qisqа muddаt ichidа hаjmi bo’yichа eng ko’p ахbоrоt 
bеrish, o’quvchilаr оldigа muаmоlаr qo’yish, ulаrni hаl qilish yo’llаrini ko’rsаtish 
imkоnini bеrаdi. Bilimlаrni tushuntirish mеtоdining mоhiyati shundаn ibоrаtki 
bundаo’qituvchi mаtеriаlni bаyon qilаdi, o’quvchilаr esа uni tаyyor hоldа qаbul qilib 
оlаdilаr. Mаtеriаl bаyoni esа puхtа, аniq, tushunаrli, qisqа bo’lishi kеrаk. 
2. Ko‘rsatmali metodlar. O‘qitishning ko‘rsatmali metodlari – o‘quvchilarga 
kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol 
shaklidir, bundan o‘qitishda, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda keng foydalaniladi. 
Tevarak atrofdagi predmet va hodisalar va ularning turli-tuman modellari (har xil 
tipdagi ko‘rsatmaqo‘llanmalar) kuzatish ob’ektlari hisoblanadi. o‘qitishning 
ko‘rsatmali metodlarini o‘qitishning og‘zaki metodlaridan ajratib qo‘yib bo‘lmaydi. 
Ko‘rsatma-qo‘llanmalarni namoyish qilishni har doim o‘qituvchining va 
o‘quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. O‘qituvchining so‘zi 
bilan ko‘rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan:
1) o‘qituvchi so‘zlar yordamida o‘quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2) og‘zaki tushuntirishlar ob’ektning bevosita ko‘rin-maydigan tomonlari haqida 
ma’lumotlar beradi;
3) Ko‘rsatma-qo‘llanmalari o‘qituvchining og‘zaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yoki 
konkretlashtiruvchi illyustrasiya bo‘lib xizmat qiladi;
4) o‘qituvchi o‘quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi. 
3. 
Amaliy metodlar. Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va 
mukammalashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar o‘qitishning amaliy 
metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og‘zaki 
mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi.
Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko‘nikmalarni 
shakllantirish metodi sifatida qo‘llaniladi. Mashq deb biror amalni, shu amalni 
o‘zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy 



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin