“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 21 tomondan fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan turli
-
tuman yangi metodlar, ko‘rgazmalilikni oshirish, texnika
vositalaridan samarali
foydalanish, ularni qo‘llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish,
qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi. Texnik ko‘rgazmali materiallar
deyilganda, ta’lim vositalarini tushunish mumkin. CHunki pedagogikada ta’lim
vositalari ko‘rgazmali material sifatida qaraladi. Ayniqsa,
hozirgi kunda
nutqimizda
“informatsion portlash”, “virtual olam” degan tushunchalar paydo bo‘ldi. Unga
kibero‘qish, kiberxat, kibertalaffuz, kibermuloqot tushunchalari ham singib bormoqd
a.
Hatto kiberpedagogika degan tushunchalar ham fanga kirib keldi. Bular biz odatlangan
ko‘rish, eshitish kabi jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar deb
qaralmog‘i kerak. Bu erda so‘zlarni aniq va to‘g‘ri o‘qishdan, chiroyli va xato
siz
yozishdan tashqari ularning rang-
barang shakl va ko‘rinishlarga kira olishi ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Bunda tovushlar, so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplarni ifodali
o‘qish vositasida ularning ma’no qatlamlariga ta’sir ko‘rsatish mumkinligi juda
ochiq
tarzda namoyon bo‘ladi. Natijada, o‘quvchining tegishli ko‘nikma va malakalari
tezroq, qulayroq hamda yoqimliroq tarzda amalga oshadi. A.Garsov ta’kidlaganidek,
“har bir pedagogik davr o‘ziga xos texnologiyalar avlodini tug‘diradi”. Asta
-sekin
og‘zaki nazariy ta’limning o‘rnini ko‘rgazmali ta’lim egallay boshladi.Faoliyat
yondashuvga asoslangan ta’limni inson faoliyatining sezgi, his, diqqat, xotira,
tasavvur, fikrlash, nutq, aqliy va ruhiy jarayonlari bilan bog‘liq holda qamrab olish
axborot asrida tez rivojlanib kelayotgan multimedia vositalari yordamida amalga
oshirish
samaradorligi tan olindi. Multimedia vositalari bilan ishlanganda o‘quvchi
jarayonni bevosita o‘zi kuzatadi, uni boshidan kechiradi va o‘zi xulosa chiqaradi.
An’anaviy dars va multimediali darslar solishtirilganda quyidagi afzalliklar ko‘zga
tashlanadi: an’anaviy ona tili darsliklarida mavzuga tegishli materiallar matni hamda
ba’zi o‘rinlarda statik ko‘rinishdagi rasm beriladi; multimedia ishtirokidagi darslarda
mavzuga tegishli material matni, uni sharhlab beruvchi ovoz yoki video, mavzuga
tegishli bir nechta rasm, diagramma, jadvallar, animatsiya, musiqaning birgalikda
berilish imkoniyati mavjud. Darslik bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning mustaqil
o‘qish, qoidalarni o‘rganish yo
ki qayta esga tushirish, mashq topshiriqlari asosida
grammatik hodisalarni aniqlash va izohlash ko‘nikmalari rivojlantirilsa, multimedia
ilovalar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi
kuchayadi, tengdoshlari bilan o‘zaro
munosabati yaxshilanadi, yangi mavzuni mustaqil
o‘zlashtirish va o‘zini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu bilan birga multimedia
vositalaridagi bir necha xillik o‘quvchini qiziqtiradi,fikrlashga undaydi,
dunyoqarashini kengaytiradi, bilim, malaka va k
o‘nikmani bog‘lab boradi.
Mukammal
multimediali dars loyihasini yaratish
uchun olim, fan o‘qituvchisi hamda kompyuter
mutaxassisi birlashmog‘i
darkor. Qolaversa, elektron ta’lim resurslarini yaratish uchun
qo‘yiladigan
maqsad va talablar nazardan chetda qolmasligi kerak. Multimedia