PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-5, Issue-1, March-2022
111
I.
Kirish
Mashina ta’limi, kompyuterni huddi insonlar kabi avvalgi
tajribalardan hulosa
(algoritm moduli yaratib) chiqargan holda masalalarga yechim taklif qilish yoki
mustaqil qaror chiqarishga imkon beruvchi Suni’y
intellekt ilovalaridan biri
hisoblanadi. Mashina ta’limi tushunchasi birinchi marta 1860-yillarda ishlatila
boshlangan, 20 yil avval esa u har bir sohada – fanlar aro – ishlatila boshladi. Unda
ehtimollar
nazariyasi, statistika va boshqalar mavjud. Kompyuterning texnikasi
yangilanishi bilan hisoblash tezligi o’sishda davom etmoqda.
Yaqin kelajakda bu
bizning hayotimizda muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi.
Mashina ta’limini o’rganish jarayoni haqida quyidagilarni aytib o’tishimiz
mumkin: yetakchi kompaniyalardan biri mashinani o’rganish asosida ular Google
Now, Google fotosuratlari va yana boshqalar. Masalan
moliyaviy kompaniyalar
banklar undan valyuta kursini bashorot qilishda foydalanishlari mumkin, ko’chmas
mulk kompaniyalari esa uy narxini va boshqa buyumlarnining sotilish trendi yoki
ularga bo’ladigan talablarni oldindan bashorat (прогноз) qilishadi. Biz
kompyuterlarga ma’lumotlarni va ma’lumotlarga mos keladigan yorliqlarni taqdim
etamiz. Masalan, kompyuterga smartfon bilan oddiy bir televizorni pultini rasmini
ko’rsatib qaysi biri smartfon yoki oddiy televizorni pulti ekanligini aniqlash uchun
ularni farqlashni o’rganish kerak bo’ladi.
Rasmlarni ko’rsatib kompyuterga bu smartfon yoki
pult ekanligini ajratib
olishiga ruxsat berganimizdan so’ng ya’ni qaysi rasmlarni bitta yorliq bilan
ifodalash mumkinligini bilib olsin. Ya’ni ushbu usul “nazorat ostida o’rganish” deb
nomlanadi. Valyutalar kursini va uylar savdosini bashorat (прoгноз)
qilishda va
barcha ehtimollari nazorat ostida o’qitish yordamida amalga oshiriladi,
neyron
to’rlari nazorat qilinadigan o’qitishning turlaridan biridir. Kompyuterga har xil yana
boshqacharoq smartfon bilan pultni rasmlarini ko’rsatadigan bo’lsak lekin qaysi biri
smartfon yoki pult ekanligini oldindan aytmaymiz,
endi kompyuter shu ikki xil
turdagi rasmlarni o’zi tahlil qilib farqlaydi, bu esa nazoratsiz (unsupervised)