Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;
Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
YUqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
“Aqliy hujum” metodining afzalliklari:
natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;
ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;
ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.
“Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:
ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;
ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
“FSMU” metodi Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.