Pensiya ishi



Yüklə 332,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix16.12.2023
ölçüsü332,43 Kb.
#183537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Pensiya ishi

 
 
 



UMUMIY QOIDALAR 
Kurs ishi ustida ishlash davomida talaba o’quv jarayonida olgan 
nazariy bilimlari va mustaqil tadqiqot natijalarini yozma ravishda 
bayon qilish uslubi, keltirilgan fikrlarning aniqligi, materiallarning 
joylashish 
ketma-ketligi, 
tashqi 
jihozlanishiga 
qo’yiladigan 
umumqabul qilingan talablarni hisobga olgan holda bayon qilish 
tajribasiga ega bo’lishi juda muhimdir. Bo’lajak iqtisodchi-mutaxassis 
o’z fikrlarini aniq va ravon bayon qila olishi, kiritayotgan takliflarini 
ilmiy va nazariy jihatdan asoslay bilishi, iqtisodiy terminlarni o’z 
o’rnida to’g’ri ishlata bilishi, moliya va g’aznachilik organlarining, 
byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning rejaviy va 
hisobot materiallaridan maqsadga muvofiq foydalana bilishi, 
ma’lumotlarni to’play olishi va qayta ishlay olishi, ularni atroflicha 
tahlil qilish va umumlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi va 
ma’lum ma’noda, ilmiy izlanish olib borishning kichik bir shaklidir. 
Ayrim iqtidorli talabalar kurs ishini bajarish jarayonida birmuncha 
chuqur va keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib boradilar, ularning 
mustaqil ravishda bajargan kurs ishlari talabalar ilmiy to’garaklarida, 
ilmiy anjumanlarda va turli tanlovlarda ilmiy ma’ruza qilish uchun 
asos bo’lib xizmat qiladi. 
Kurs ishida tavsiya etilgan adabiyotlarni, ayniqsa, iqtisodiy 
ta’limotlar 
klassiklari 
asarlarini, Prezident asarlari, iqtisodiy 
ta’limotning ko’zga ko’ringan horijiy va milliy namoyandalarining 
asarlari va ma’ruzalarini chuqur o’rganish natajalari (tegishli 
havolalarda) aks ettirilsagina, mazkur kurs ishi unga qo’yiladigan 
zamonaviy talablarga javob bera oladi. Shuningdek, ishda mavzuning 
xususiyatdan kelib chiqqan holda, nafaqat, mamlakat ichki 
institutsional tuzilmalarining, balki tashqi kuzatuvchilar, Xalqaro 
valyuta fondi, Jahon banki kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlarning
xalqaro va umummilliy tashkilotlarning tegishli ma’lumotlarini 
keltirish, ularni tahlil qilish natijalarini aks ettirish yuqori baholanadi. 
Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish jarayoni quyidagi 
bosqichlarni o’z ichiga oladi: 

kafedra tomonidan tavsiya etilgan kurs ishi mavzulari 
ro’yxatidan mavzuni tanlash; 

tanlangan mavzu bo’yicha o’quv adabiyotlari bilan dastlabki 
tanishish; 

kurs ishining rejasini ilmiy rahbar bilan maslahatlashib tuzish; 

o’quv 
adabiyotlarini, 
shu 
jumladan, 
xorijiy 
o’quv 
adabiyotlarini o’rganish va zarur ma’lumotlarni to’plash; 

kurs ishini yozish va rasmiylashtirish; 

kurs ishini himoya qilish. 




Yüklə 332,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin