Pensiya ishi



Yüklə 332,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix16.12.2023
ölçüsü332,43 Kb.
#183537
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Pensiya ishi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
 
“PENSIYA ISHI” KAFEDRASI
 
MAMATOV B.S., NURMUXAMEDOVA B.I. 
 
DAVLAT BYUDJETI 
fanidan kurs ishlarini bajarish yuzasidan 
 
USLUBIY QO’LLANMA 
Oliy ta’limning 5231300 – “Pensiya ishi”
bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 
 
 
 
 
Toshkent - 2017 



 
Mamatov B.S., Nurmuxamedova B.I.
Davlat byudjeti. Kurs ishlarini bajarish yuzasidan uslubiy qo’llanma. 
(Oliy ta’limning 5231300 – “Pensiya ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi 
talabalari uchun) – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2017. – 29 b. 
Taqrizchilar:
M.Almardonov – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va
soliqlar” kafedrasi professori, i.f.d.; 
Z. Abdullaev – Toshkent moliya instituti “Pensiya ishi” kafedrasi
dotsenti, i.f.n.
 
Mazkur uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari 
hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
“Davlat byudjeti” fani o’quv dasturi asosida yozilgan. 
Uslubiy qo’llanmada keltirilgan kurs ishi mavzulari O’zbekiston 
Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi 
bosqichida davlat moliyasini boshqarishning dolzarb muammolari, 
byudjet tizimi va uning tarkibiga kiruvchi tuzilmalar taraqqiyotining 
hozirgi zamon xususiyatlari hisobga olingan holda mamlakat va 
hududlarning istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog’liq 
muammolarga bag’ishlangan. 
Uslubiy qo’llanma “Davlat byudjeti” fani bo’yicha kurs ishi 
mavzulari namunalarini, talabalar uchun kurs ishini bajarishga oid 
tavsiyalarni, kurs ishiga rahbarlik qilish va himoya etish tartibi 
yuzasidan vazifalarni hamda tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z 
ichiga olgan. 



KIRISH
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv rejasida ko’zda tutilgan 
asosiy fanlardan kurs ishlarini bajarish – o’quv jarayonining zaruriy 
elementi hisoblanadi. Talabalarda ilmiy izlanishlar olib borish 
ko’nikmalarini tarbiyalash, tanlangan mavzuni mustaqil ravishda 
chuqur o’rganish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash, ilmiy, 
nazariy va amaliy xulosalarni shakllantirish va pirovardida yuqori 
malakali mutaxassislarni tayyorlashda kurs ishlarini bajarish muhim 
ahamiyatga ega. 
Mazkur qo’llanma Oliy ta’limning 5231300 – “Pensiya ishi” 
bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasida ko’zda tutilgan, ushbu 
yo’nalishning asosiy fanlari qatoridagi “Davlat byudjeti” fanidan kurs 
ishlarini bajarish bo’yicha tavsiyalar va tartib-qoidalarni o’z ichiga 
oladi.
Kurs ishini bajarishdan asosiy maqsad
– talabalarda mustaqil 
ishlashni joriy etish, ilmiy-izlanish ishlarini mustahkamlashdir. Kurs 
ishi ustida ishlash davomida talaba tegishli fandan olgan nazariy 
bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish va chuqurlashtirishga 
erishadi, maxsus adabiyotlardan olingan, moliya, g’aznachilik va soliq 
organlarining, 
byudjet 
tashkilotlarining, 
byudjetdan 
mablag’ 
oluvchilarning moliyaviy hisobotlari materiallarini o’rganish asosida 
to’plangan, shuningdek, Internet resurs manbalaridan olingan 
ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish va muayyan 
bir tizimga keltirish bo’yicha dastlabki bilim va ko’nikmalarni hosil 
qiladi.
Qo’yilgan maqsadning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun kurs 
ishlarini bajarishga quyidagi talablar qo’yiladi: 

kurs ishida mavzuga taalluqli Oliy Majlis sessiyalari 
materiallari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
qarorlari, ma’ruzalari va Prezident asarlaridan ma’lumotlar, byudjet 
tizimini boshqarish organlarining, xususan, O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining qarorlari sharhi o’z aksini topishi lozim; 

kurs ishini yozish jarayonida tadqiq etilayotgan mavzu va 
o’rganilayotgan amaliy ma’lumotlarga faoliyat samaradorligini oshirish 
imkoniyatlarini va zaxiralarini izlab topish va ishlatish, byudjet 
jarayonining bosqichlarini yaxshilash, iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
va yangilashning bugungi sharoitida byudjet-soliq siyosatining turli 
dastak 
va 
vositalaridan 
foydalanish 
shakllari 
va 
usullarini 
takomillashtirish nuqtai nazardan ilmiy, ijodiy yondashish zarur; 

kurs ishi mazmunini ravon adabiy tilda bayon qilish, 
tadqiqotlar va izlanishlar natijalarini rasmiy hujjatlarga qo’yiladigan 
asosiy talablarga rioya qilgan holda aks ettirish lozim. 

Yüklə 332,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin