TALABA DIQQATIGA!
“Agar ilm o’z-o’zidan hech
qanday amaliy foyda
keltirmaganda ham, uni befoyda
deb bo’lmaydi, jilla qursa u aqlni
ishlatib, miyada tartib o’rnatadi”
(F.Bekon)
11
izohlab berish;
–
moddiy
tushuncha
sifatida
davlatning
funktsiya
va
vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan pul mablag’larining
markazlashtirilgan jamg’armasi sifatidagi mohiyatini ochib berish;
–
huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjetining davlatga
tegishli bo’lgan yirik moliyaviy reja sifatidagi mazmunini, davlatning
funktsiyalarini bajarishdagi o’rni va ahamiyatini ochib berish
mumkin.
Jamiyatning
iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishida
davlat
byudjetining o’rnini ko’rsatish maqsadida talaba aniq hisobot
ma’lumotlariga tayangan holda:
–
mamlakat yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining
qancha qismi byudjet orqali qayta taqsimlanishi;
–
kapital qo’yilmalarning barcha manbalari ichida davlat
byudjeti (yoki davlat maqsadli jamg’armalari – agar so’z ular haqida
borayotgan bo’lsa)ning ulushini, bozor sharoitida uning o’zgarish
tendentsiyasini;
–
davlat byudjeti (yoki davlat maqsadli jamg’armalari)
daromadlarining tarkibi va tuzilishini;
–
davlat
byudjetining
iqtisodiy
va
ijtimoiy-madaniy
maqsadlardagi xarajatlari tarkibi va tuzilishi tahlilini keltirish
mumkin.
Bu va shu kabi ma’lumotlar mamlakat bo’yicha yoki mavzu
oldiga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, hududlar (viloyat,
shahar, tuman) bo’yicha keltirilishi va bir nacha yil ko’rsatkichlarini
solishtirish asosida tahlil natijalari aks ettirilishi kerak.
Ikkinchi savol, odatda, amaliy faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Unda
u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning amal qilish mexanizmi, uning
dastak va vositalaridan amaliyotda foydalanish holatlari aks ettiriladi.
Masalan, “Davlat byudjeti” fani yuzasidan tavsiya etilgan qator
mavzular turli darajadagi byudjetlarni tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash
va ijro etish jarayonlari bilan bog’liq bo’lib, ularda aniq tanlab olingan
davlat boshqaruvi pog’onasida (viloyat, shahar, tuman darajasida)
byudjet jarayonini tashkil etish amaliyotini o’rganish, bu boradagi
amaliy tadbirlar tahlilini amalga oshirish talab etiladi.
Kurs ishi davlat boshqaruvi idoralari yoki ijtimoiy soha va
tarmoqlardagi byudjet tashkilotlari va muassasalaridagi byudjet
munosabatlarini o’rganishga bag’ishlangan bo’lsa, kurs ishining asosiy
qismida
byudjet
tashkilotlaridagi
moliyaviy
munosabatlarning
xarakteri, tashkilotning moliyaviy resurslari, ularning manbalari va
ishlatish yo’nalishlari, byudjet tashkiloti moliyaviy resurslarining
shakllanishida davlat (respublika va mahalliy) byudjetining o’rni va
ahamiyati, byudjet tashkilotida moliyaviy rejalashtirish masalalari,
tashkilotning xarajatlar smetasini tuzish va ijro etish amaliyoti, byudjet
tashkilotlariga bbdjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish shart-
sharoitlari va imkoniyatlari kabi masalalar izlanish ob’ekti sifatida
12
tanlab olingan biron byudjet tashkiloti misolida uning buxgalteriya va
reja-moliya bo’limlari amaliy ma’lumotlariga tayangan holda aks
ettirilishi kerak.
Kurs ishining asosiy qismi mazmunini yoritishda amaliyot
ma’lumotlarini jadvallar, diagrammalar, rasmlar shaklida ifodalash, ularni
batafsil tahlil etish talab etiladi. Tahlil jarayonida davriy nashrlarda chop
etilgan ilmiy maqolalarga, hukumat idoralarining rasmiy Internet
saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga, o’quv jarayonining tarkibiy qismi
bo’lgan malakaviy amaliyot davomida to’plangan amaliy ma’lumotlarga
asoslanish tavsiya etiladi.
Kurs ishining so’nggi savollari, odatda, o’rganilgan mavzuning u
yoki bu byudjet munosabatlarini zamonaviy bozor iqtisodiyoti
talablaridan, sohada olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar
talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish, rivojlantirish
masalalariga bag’ishlangan bo’ladi. Bunda talaba, izlanishlar natijasida
olgan bilimlari, kuzatishlari, tahlillari asosida o’rganilgan soha yohud
ob’ektning faoliyatini yaxshilash, samarasini yanada oshirish bo’yicha
o’zining yoki shu sohada izlanishlar olib borgan iqtisodchi-olimlar va
amaliyotchilarning taklif va mulohazalarini ilmiy tarzda bayon qilishi,
ularni har tomonlama asoslab berishi, xulosalarini bir tizimga solishi va
umumlashtirishi lozim. Shuningdek, kurs ishi asosiy qismining tegishli
paragraflarida o’rganilayotgan sohaga taalluqli bo’lgan ilg’or xorijiy
tajribalarni
bayon etish va ularni mamlakatimizda qo’llash
imkoniyatlari bo’yicha takliflar kiritish kurs ishining nazariy va amaliy
ahamiyatini yanada oshiradi va uni yuqori darajada baholash uchun
asos bo’lib xizmat qiladi.
Kurs ishining xulosa qismida ishning paragraflari ustida olib
borilgan izlanishlar asosida shakllangan xulosalar va taklif-mulohazalar
tizimli ravishda keltiriladi. Kurs ishining xulosa qismida bayon etilgan
fikrlar oxirgi paragraflarda o’rganilgan muammolarning echimini yoritib
berishi, o’rganilgan soha yoki iqtisodiy voqelikning mavjud holatini
yaxshilash va amaldagi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan va
oldingi paragraflarda asoslab berilgan takliflarning aniq, lo’nda va qisqa
mazmunini aks ettirishi, ishni yakunlangan ilmiy ish sifatida tan olish
uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim.
Kurs ishining so’nggida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi.
Shuni alohida ta’kidlash muhimki, muallif tomonidan keltirilgan o’quv
adabiyotlari ro’yxati uning kurs ishini yozishda oxirgi 3-5 yil ichida chop
etilgan
maxsus
o’quv
adabiyotlardan
(klassik
ta’limotlar
namoyandalarining asarlari bundan mustasno) foydalanish tavsiyasiga
rioya qilganligini ko’rsatib turishi kerak. O’quv adabiyotlar ro’yxatini
13
quyidagi tartibda rasmiylashtirish maqsadga muvofiq
1
:
I. O’zbekiston Respublikasi qonunlari.
II. O’zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
III.
O’zbekiston
Respublikasining
birinchi
Prezidenti
I.A.Karimovning asarlari.
IV. Asosiy adabiyotlar.
V. Qo’shimcha adabiyotlar.
VI. Davriy nashrlar, statistik to’plamlar va hisobotlar.
VII. Internet saytlari.
Foydalanilgan har bir manbaning muallifi, to’liq nomi, nashr etilgan
joyi va vaqti (qaysi tilda nashr etilgan bo’lsa, shu tilda), hajmi hamda beti
ko’rsatiladi. Agar kurs ishi lotin alifbosiga asoslangan o’zbek tilida
yozilgan bo’lsa, foydalanilgan rus tilidagi adabiyotlarni shu tildagi kirill
alifbosida keltirish to’g’ri bo’ladi.
Kurs ishini rasmiylashtirish. Kurs ishini ilmiy rahbar tomonidan
belgilab berilgan grafik asosida talaba shaxsan bajaradi. Talaba tanlangan
mavzu yuzasidan qabul qilingan qarorning to’g’riligiga, uning topshiriqqa
muvofiqligiga, kurs ishini bajarishda ko’chirmachilik holatining yo’qligiga
javob beradi.
Kurs ishi Davlat ta’lim standartlarida talab etilganidek, talaba
tomonidan tartibli rasmiylashtirilgan, xatosiz, aniq va tushunarli tilda,
qisqartirishlarsiz (umumqabul qilinganlardan tashqari) yozilgan bo’lishi
kerak. Kurs ishi matnida “men” so’zi o’rniga “biz” so’zini qo’llash tavsiya
etiladi. Masalan, “Men tomonimdan olib borilgan izlanishlarimga tayanib,
shuni xulosa qilamanki, ...” degan jumlaning o’rniga “Biz tomonimizdan
olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, ...”
iboralarning ishlatilishi talab etiladi, ya’ni kurs ishi matni ilmiy tilda,
rasmiy tusda bo’lishi kerak.
Kurs ishi qo’lyozma tarzida
rasmiylashtiriladi. Biroq, kurs
ishini kafedraning ruxsati bilan
kompyuterda
bajarishga
ham
ruxsat beriladi. Kurs ishi A4
o’lchamdagi oq qog’ozda, ko’k
rangli ruchkada yozilishi tavsiya
1
Magistratura to’g’risidagi nizom. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 29-
oktyabrdagi 418-son buyrug’i bilan tasdiqlangan. 5-ilova.
Dostları ilə paylaş: |