Pensiya ishi



Yüklə 332,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix16.12.2023
ölçüsü332,43 Kb.
#183537
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Pensiya ishi

 
 


18 
VI. KURS ISHINI HIMOYA QILISH 
Kurs ishini himoya qilish jarayoni talaba uchun eng muhim bosqich 
hisoblanadi. Unda talabaning kurs ishi mavzusi bo’yicha to’plagan 
bilimlari 
sinaladi. 
Talaba 
o’z 
ishini 
yaxshi 
bilishi, 
to’plagan 
ma’lumotlarining manbalarini aniq ko’rsata olishi, hisob-kitoblar asosida 
tahlil uslubiyoti va usullarini tushuntirib berishi, nazariy va amaliy 
savollarga javob bera olishi lozim. 
Yozib tugatilgan kurs ishi kafedra tomonidan belgilangan muddat 
ichida kafedrada ro’yxatga olish yo’li bilan qayd etilgandan so’ng, 3 kun 
muddat ichida tanishib chiqish va taqriz berish uchun kurs ishi rahbariga 
(yoki 
pedagog-xodimlarning 
o’quv 
yuklamasi 
doirasa 
boshqa 
o’qituvchiga) beriladi. 
Kurs ishiga yozilgan taqrizda quyidagilar qayd etilishi zarur: 

kurs ishi mavzusining dolzarbligi va ko’rilgan savollarning 
o’rinliligi; 

kurs ishning nazariy saviyasi va ilmiylik darajasi; 

foydalanilgan adabiyotlardan to’plangan materiallarni mustaqil 
izlanishlar asosida mantiqiy izchillikda bayon qilinganligi; 

muallifning ishda keltirilgan raqamli ma’lumotlarni tahlil qilish 
qobiliyati, xulosalarni bayon qilish saviyasi; 

kurs ishi himoyasigacha amalga oshirish lozim bo’lgan tavsiyalar; 

kurs ishining dastlabki bahosi va himoyaga qo’yilganligi haqidagi 
yakuniy xulosa (“himoyaga qo’yiladi” yoki “himoyaga qo’yilmaydi” 
shaklida). 
Kurs ishi himoyasi kafedrada 
tashkil etiladi. Bu maqsadda fan 
bo’yicha kurs ishi himoyasi uchun 3 
kishidan kam bo’lmagan tarkibda 
komissiya 
tuziladi. 
Kurs 
ishi 
himoyasi taqdimot tarzida ham 
himoya qilinishi mumkin. Kurs ishini 
talaba ilmiy rahbari ishtirokida Komissiya huzurida himoya qiladi. 
Komissiya a’zolari bilan talaba o’rtasidagi suhbat asosida talabaning bilim 
darajasi, mavzu ustida ishlash jarayonida orttirgan ko’nikmalari 
aniqlanadi. Dastavval talaba o’zi yozgan ishi bo’yicha uning mazmuni, 
o’rganish 
predmeti, 
amaliy 
ma’lumotlarning 
manbasi, 
ularni 
umumlashtirish usullari, asosiy xulosalarini qisqacha yoritib beradi. 

Yüklə 332,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin