21
Mamlakatlarga kadrlar tayyorlash sohasi bir nechta sabablarga ko’ra
muhimdir. Birinchidan, bu mamlakat rivojlanishining yuqori
darajalariga erishish
yo’lidagi muhim qadam hisoblanadi. Ta’limning sifati va samaradorligi inson
kapitalining yuqori salohiyatini belgilab beradi.
Har bir mamlakatda kadrlar
tayyorlashni moliyalashtirishning turlicha modellaridan foydalaniladi. Ayrim
davlatlarda ta’limni moliyalashtirishga asosan xususiy mablag’lar yo’naltirilsa,
ayrimlarida bu sektor asosan davlat mablag’lari hisobidan ta’minlanadi.
Keyingi
yillarda ta’lim sohasiga yo’naltiriladigan davlat va xususiy sektor mablag’lari
o’rtasidagi nisbat birmuncha o’zgardi va xususiy manbalarning ustunligi
kuzatilmoqda
16
.
Dostları ilə paylaş: