Pensiya ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

 
 


63 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
 
Mazkur bitiruv malakaviy ishda biz tomondan O’zbekiston Respublikasi 
ta’lim tizimini moliyalashtirishning bugungi kundagi holatini, ta’lim tizimining 
muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini 
moliyalashtirish usullari tavsifini, bu usullar ichida ta’lim tizimi iste’molchilariga 
qaratilgan bir o’quvchi soniga ko’ra xarajatlarni rejalashtirish va 
moliyalashtirishning mazmuni va afzalliklari, O’zbekiston hukumati qarorlarida 
ko’zda tutilgan bir o’quvchiga xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan 
holda kasb-hunar kollejlarining byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini 
moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish
masalalarini tadqiq etdik. 
Tadqiqotlarni olib borish davomida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning ta’lim 
tizimi taraqqiyoti va, ayniqsa, uni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash, 
moliyalashtirishning yangi ilg’or usullarini qo’llashga taalluqli ma’ruzalarini, 
qolaversa, matbuotda chop etilgan, turli ilmiy anjumanlarda ko’tarilgan ta’lim 
tizimida moliyalash va rejalashtirishning yangi usullari xususiyatlarini o’rgandik.
Olib borgan izlanishlarimiz asosida shakllangan xulosa va takliflarimiz 
quyidagilardan iborat: 
1.
O’zbekiston Respublikasi yaqin va uzoq xorijdagi davlatlar ichida ta’lim 
tizimi uchun davlat byudjetidan eng ko’p mablag’ ajaratayotgan davlat 
hisoblanadi
.
Ushbu ko’rsatkichning hatto rivojlangan davlatlar ko’rsatkichlaridan 
ham balandligi, ya’ni faqat davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag’lar YaIM 
ning 7-8 foizini, boshqa barcha manbalaridan esa 10-12 foizini tashkil qilishi 
davlat tomonidan ta’lim tizimiga e’tiborning yuqori ekanligidan dalolat beradi.
2.
Bugungi kunda ta’lim sohasini boshqarish va moliyalashtirishda 
davlatning ustuvorligi saqlanib kelmoqda. Bu holatni qabul qilinayotgan davlat 
dasturlarida, prezident qarorlari va farmonlarida, hokimiyatlarning qarorlarida 
ko’rish mumkin. Boshqacha aytganda, fuqarolarning ta’lim olish bilan bog’liq 
konstitutsiyaviy huquqlari to’laqonli ta’minlanmoqda.


64 
3.
Mamlakatimizda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini saqlash 
va rivojlantirish xarajatlari asosan davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga 
oshirilmoqda. 
4.
O’zbekistonda ta’lim tizimida jon boshiga moliyalashtirishni keng 
miqyosda tatbiq etish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Barcha ta’lim 
muassasalarida bir o’quvchiga o’rnatilgan bazaviy me’yorlar asosida muassasa 
byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishga o’tish sharoitlarini 
belgilab bergan hukumat qarorlarining qabul qilinishi bu yo’nalishdagi qat’iy 
qadam bo’ldi. Lekin bundan keyin ham bu yo’ldagi ishlarni rivojlantirish zarur. 
Fikrimizcha, davlat byudjetidan ta’lim tizimiga ajratilayotgan xarajatlar jami 
byudjet xarajatlarining 34-35 foizini tashkil qilayotgan bir davrda bu mablag’larni 
rejalashtirish va oqilona sarflash masalalari davlat moliyasini boshqarish sohasiga 
mutaxassis kadrlar tayyorlashga yangi talablarni qo’yadi, shu mavzularni o’rgatish 
uchun soatlar sonining ko’paytirilishini talab etadi.
5.
Byudjet 
mablag’larining 
cheklanganligi 
sharoitida 
ta’lim 
muassasalarining byudjetdan tashqari daromad topishlari uchun shart-sharoitlar 
yaratib berish ta’lim tizimining moddiy ta’minotiga va unda ishlovchilarning 
qo’shimcha daromad topishlari imkoniyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim 
muassasalarining o’z faoliyat turlari bo’yicha qo’shimcha pullik xizmat 
ko’rsatishlarini rag’batlantirish esa aholining ta’lim xizmatlariga oshib borayotgan 
ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi. 
6.
Ma’lumki, ta’lim bu davlatning strategik resursi, bu tizimga qilingan 
investitsiya – kelajak taraqqiyotiga qo’yilgan kapitaldir, shuning uchun ham bu 
sektorni bozor tamoyillariga bo’ysundirish yaramaydi, bu soha har doim 
davlatning diqqat e’tiborida va qo’llab-quvvatlashida bo’lishi lozim, deb 
hisoblaymiz. 
7.
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimiga nodavlat mablag’larini, 
jumladan, korxonalarning mablag’lari, xorijiy tashkilotlar, hayriya tashkilotlari 
mablag’larini jalb etish tizimning ortib borayotgan ehtiyojlarini qo’shimcha 
moliyalash imkonini bergan bo’lardi, masalan, kompyuterlar, sport jihozlari, 


65 
laboratoriya jihozlari kabilar bilan ta’minlash masalalarida xorijiy tashkilotlar va 
ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik yaxshi natijalar bergan bo’lardi. 
8.
Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy 
texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo’lgan va 
turdosh 
mutaxassisliklar 
bo’yicha 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega 
bo’lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlashni 
yo’lga qo’yish lozim. 
9.
Kadrlarga bo’lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini 
hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar 
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq. 
10.
Kasbga o’rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta’lim 
olishni birgalikda olib boradigan, shuningdek, nodavlat ta’lim sektorini uzluksiz 
davlat ta’lim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta’lim 
jarayonini tashkil etish bo’yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish va 
kelgusida amaliyotga joriy etish zarur. 
11.
Bugungi kunda kasb-hunar ta’limi muassasalarida bir o’quvchiga 
bazaviy xarajatlar me’yorlarini ishlab chiqishda oldingi yil ko’rsatkichlari asos 
qilib olinmoqda, aslida bu bazaviy me’yor muassasaning ehtiyojlarini minimal 
darajada bo’lsa ham inobatga olgan holda aniqlanishi kerak, shundagina jon 
boshiga qarab mablag’ ajratish samarasi yuqori bo’ladi. Shuningdek, xarajatlarning 
bazaviy me’yorlariga ko’ra muassasa byudjetini aniqlashning yuqoridagi bobda 
(amaldagi me’yoriy hujjatlarga tayangan holda) bayon qilingan formulasi ancha 
murakkab bo’lib, aslida formula asosida rejalashtirish aniq, sodda va hamma uchun 
tushunarli, ochiq-oydin va shaffof bo’lishi kerak, deb hisoblaymiz.


66 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin