Pensiya ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

3.2. O’rta 
maxsus 
ta’lim 
tizimi 
moliyaviy 
ta’minotini 
mustahkamlash yo’llari 
O’tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish 
bo’yicha miqyosi va ko’lamiga ko’ra ulkan ishlar amalga oshirildi.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida byudjet tashkilotlariga keng imkoniyatlar 
berish bilan bir vaqtda, byudjet xarajatlarining oshishiga yo’l qo’ymaslik ham 
muhim 
hisoblanadi. 
Respublikamizda 
byudjet 
mablag’lari 
hisobidan 
moliyalashtirish jarayonlari, albatta, kamchiliklardan xoli emas. Ayrim hollarda 
moliyalashtirish jarayonlari uchun normativ hujjatlarning to’liq emasligi


56 
xarajatlarni amalga oshirish vazifalari to’laqonli bajarilmasligi holatlari 
kuzatilmoqda. 
Bu borada o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining pedagog kadrlarini 
qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish jarayonlarini moliyalashtirish 
masalalari ham alohida o’rganish predmeti bo’ladi. Bu jarayonlarni 
moliyalashtirish davlat byudjetining respublika byudjeti mablag’lari hisobidan 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi markazi, Kasb-hunar 
ta’limi hududiy boshqarmalari va tasarrufida kasb-hunar ta’limi muassasalari 
bo’lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar 
va pedagog kadrlarini o’qitishning buyurtmachisi hisoblanadilar. 
Kasb-hunar ta’limi markazi Kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalaridan 
olgan ma’lumotlar asosida har yili dekabr oyining birinchi o’n kunligida kelgusi 
yil uchun rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlashning prognoz reja-dasturini tuzadi.Tuzilgan prognoz reja-dasturiga 
muvofiq dekabr oyining uchinchi o’n kunligida muassasalarning rahbar va 
pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslaridan 
o’tishning har yillik jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, jadvalda toifalar 
bo’yicha tinglovchilar kontingentining taqsimlanishi, viloyatlar, oliy ta’lim 
muassasalari va institut bo’yicha malaka oshirish hamda qayta tayyorlash 
kurslarini o’tkazishning joyi va vaqti, turlari va shakllari ko’rsatiladi. 
Rejalashtirilgan mablag’lar doirasida Kasb-hunar ta’limi hududiy 
boshqarmalari tomonidan mos ravishda 41 ta ixtisoslashgan oliy ta’lim 
muassasalari bilan, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlarini 
malkasini oshirish va qayta tayyorlash o’quv kurslarini tashkil etish yuzasidan 
shartnomalar imzolanadi va o’quv kurslari tashkil etiladi. 2015-2017-yillarda o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining pedagog kadrlari qayta tayyorlash hamda 
malakasini oshirish jarayonlari uchun quyidagicha mablag’lar rejalashtirilgan va 
sarflangan.
Jadvalda keltirilgan rejalashtirilgan mablag’lar va ularning kassa ijrosi 
dinamikasi ajratilgan mablag’lar yillik qabul rejalari, shuningdek, respublikadagi 


57 
eng kam oylik ish haqining o’zgarishiga bog’liq ravishda tasdiqlangan 
kalkulyatsiyalar asosida o’sib borgan.
11-jadval 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin