Pensiya ishi


Respublika bo’yicha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

Respublika bo’yicha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlar 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash xarajatlari
45
 
(mln.so’mda)
 
Kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar xodimlari malakasini oshirish tadbirlari 
uchun respublika byudjeti mablag’lari hisobidan quyidagicha moliyalashtirilgan.
12-jadval 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rahbar xodimlari malakasini oshirish 
tadbirlari uchun sarflangan mablag’lar
46
 
(mln.so’mda) 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar xodimlari malakasini oshirish 
tadbirlarida malaka oshirish bilan birga, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga 
45
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh 
boshqarmasi xarajatlar smetasi ijrosi yig’ma hisoboti 2-shakl ma’lumotlari asosida.
46
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh 
boshqarmasi tomonidan qabul qilingan, xarajatlar smetasi ijrosi hisoboti 2-shakl ma’lumotlari. 
Nomi 
2015-yil 
2016-yil 
2017-yil 
reja 
haqiqat 
reja 
haqiqat 
reja 
haqiqat 
Malakasini 
oshirish va 
qayta 
tayyorlash 
tadbirlari 
80230,80 75467,70 93886,70 87517,90 98832,60 96193,90 
Nomi 
2015-yil 
2016-yil 
2017-yil 
reja 
haqiqat 
reja 
haqiqat 
reja 
haqiqat 
Kasb-hunar 
ta’limi tizimi 
rahbar 
xodimlari 
malakasini 
oshirish va 
qayta 
tayyorlash 
tadbirlari 
2 677,68 2 522,05 2 265,35 1 848,69 2 430,10 2 378,17 


58 
zahira kadrlarni tayyorlash, pedagoglarni qayta tayyorlash va binolarni saqlash 
harajatlari ham hisobga olingan. 
2015-2017-yillarda 
Moliya 
vazirligining 
Ijtimoiy 
soha 
va 
fanni 
moliyalashtirish bo’limidan O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar 
xodimlar malakasini oshirish tadbirlari uchun ajratilgan shtat birliklari soni 
o’rganilib chiqilganda quyidagilar aniqlandi: 
Malaka oshirish tadbirlari uchun professor-o’qituvchilar shtat birliklari bir 
o’qituvchiga to’g’ri keladigan tinglovchilar soni nisbatining cheklangan me’yorlari 
asosida hisoblab topilgan. Qolgan shtat birliklari soni namunaviy shtat birliklari 
asosida, shuningdek, xodimlarning cheklangan soni doirasida, balansda mavjud 
bo’lgan bino va inshootlar, ularning maydoni, asosiy vositalar, tovar-moddiy 
zahiralardan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.
Kasb-hunar ta’limi rahbar xodimlari malakasini oshirish tizimi faoliyatini 
2015-2017-yillarda moliyalashtirish va uning ijrosi holatlari ko’rib chiqilganda 
asosan takomillashtirilishi talab etiladigan holatlar sifatida quyidagilar ko’rib 
o’tildi: 
1.
Kasb-hunar ta’limi rahbar xodimlar malakasini oshirish tizimi faoliyatini 
moliyalashtirish bo’yicha pedagog xodimlardan tashqari, qolgan shtatlarni 
shakllantirishda namunaviy shtatlar jadvalining mavjud emasligi. 2015-2017-yillar 
davomida shtatlar har yili, o’tgan yilgi shtatlar doirasida, shuningdek, “Oliy ta’lim 
muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv-yordamchi 
xodimlarining namunaviy shtatlari” asosida tashkil etib kelingan. Natijada, 
namunaviy shtatning oliy ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan 500 tagacha 
talaba bo’lgan chegarasi doirasida shtatlar olingan. Bunday holat malaka oshirish 
jarayoni faoliyati uchun zarur bo’lgan shtat birliklari emas, balki namunaviy 
shtatlar jadvalida mavjud, ammo malaka oshirish jarayoni faoliyati uchun zarur 
bo’lmagan shtatlarning qo’shilishiga sabab bo’lgan. 
2.
Byudjet kodeksida belgilab qo’yilishicha, byudjet tashkilotlarida aosiy smeta 
va shtatlar jadvali joriy yilning 10-martigacha taqdim qilinib, 1-apreligacha 
tasdiqlanishi lozim. 2015-2017-yillardagi o’rganishlarda mazkur holat sabab bo’lib 


59 
ham ayrim kamchiliklar kuzatilgan. 2017-yilning birinchi choragida vaqtinchalik 
harajatlar smetasi tasdiqlanadi va unda shtatlar jadvali nazarda tutilmaydi. 
Vaqtinchalik smeta harajatlari asosida oylik maosh to’lanib kelingan ayrim shtat 
birliklari asosiy smeta tasdiqlanishi jarayonida, tizim uchun ajratilgan umumiy 
mablag’lar doirasida qisqartirilgan. Agar namunaviy shtat tasdiqlansa, mazkur 
holatlarning ham oldi olinadi. 
3.
Ta’lim tizimidagi rahbar hodimlar malakasini oshirish tizimida o’rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi rahbar kadrlarining malakasini oshirish jarayonidan tashqari, 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida, Oliy ta’lim tizimi pedagog va 
rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bosh ilmiy-
metodik markazi va A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis 
xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyat yuritadi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari 
pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2012-yil 26-sentyabrdagi 
278-qarori asosida Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari 
o’qituvchilari va tinglovchilari sonining bir nafar o’qituvchi hisobiga nisbatining 
cheklangan normativlari ta’limning tegishli yo’nalishlari bo’yicha oliy ta’lim 
muassasalarida belgilangan bir nafar o’qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining 
cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib tasdiqlangan. 
4.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 
961-son qarori bilan tasdiqlangan A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar 
va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti 
Nizomida institut professor-o’qituvchilari va tinglovchilari sonining bir nafar 
o’qituvchi hisobiga nisbatining cheklangan me’yorlari oliy ta’lim muassasalarida 
belgilangan bir nafar o’qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan 
me’yorlaridan 25 foiz past etib tasdiqlangan. 
5.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi malaka oshrish jarayonlari uchun 
esa mazkur 25 foiz past etib belgilash me’yori nazarda tutilmagan. Natijada, o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi malaka oshirish jarayonida professor-


60 
o’qituvchilar yillik o’quv yuklamalarining bajarilishi belgilangan me’yorlardan 
yuqoriligi, o’quv soatlari hajmi yanada oshib ketmasligi sababidan guruhlarda 
belgilangan me’yorlardan ortiq tinglovchilar bo’lish holatlari mavjud. Albatta, bu 
holatlar malaka oshirish o’quv kurslarini sifatli tashkil etish jarayonlariga ta’sir 
o’tkazmasdan qolmaydi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018-yil 3-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish 
to’g’risida”gi PQ-3504-son Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta 
maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi negizida 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar 
ta’limi markazi tashkil etildi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati negizida Markaz huzurida 
Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etildi.
Shuningdek, kasb-hunar kollejlarining moliyalashtirish manbalari sifatida 
quyidagilar belgilandi: 
1. Vazirliklar va idoralarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun 
kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan kasb-hunar kollejlari faoliyatini 
moliyalashtirishning asosiy manbalari: 

to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun tushadigan mablag’lar; 

vazirliklar va idoralarning ushbu maqsadlarga xarajatlar smetasida har yili 
nazarda tutiladigan byudjet mablag’lari va byudjetdan tashqari mablag’lari; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag’lari. 


61 
2. Xo’jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning 
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan 
kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari: 

to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun tushadigan mablag’lar; 

xo’jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning mablag’lari; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag’lari. 
3. Ko’p tarmoqli kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy 
manbalari – mutaxassislarni to’lov-kontrakt asosida o’qitish va qayta tayyorlash 
uchun ota-onalar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning, shu jumladan, tadbirkorlik 
sub’ektlarining mablag’lari. 
PQ-3504-sonli Prezident Qarori bilan kam ta’minlangan oilalardan 
o’quvchilar kasb-hunar (ko’p tarmoqli) kollejlarida, ularning idoraviy 
mansubligidan qat’i nazar, bepul asosda o’qitiladigan tartib belgilab qo’yildi. 
Xulosa qilib shuni e’tirof etish kerakki, vazirliklar va idoralarga quyidagi 
vazifalarning bajarilishini ta’minlash, xo’jalik birlashmalari, tijorat banklari va 
yirik korxonalarga amalga oshirish tavsiya etildi: 

o’quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini, qoidaga ko’ra, ishlab 
chiqarishning idoraviy mansub obyektlarida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini 
keyinchalik ularda ishga joylashtirish maqsadida tashkil etish; 

kasb-hunar kollejlarini saqlash, ularning xarajatlarini moliyalashtirish va 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; 

kasb-hunar kollejlarining o’zini o’zi qoplashini oshirish maqsadida 
belgilangan tartibda ta’lim xizmatlari ko’rsatilishini, faoliyatining tadbirkorlik, 
maslahatlar berish, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa 
turlarini yo’lga qo’yish. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin