Pensiya ishi


Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji xarajatlar smetasining 2017-yil



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji xarajatlar smetasining 2017-yil 
bo’yicha “Boshqa xarajatlar” tarkibi
37
 
(ming so’m) 
№ 
Xarajat moddalari 
smeta 
bo’yicha reja 
jamiga 
nisbatan 
ulushi, % 
IV. Boshqa xarajatlar 
299 621,0 
100,0 
1. 
Kommunal xizmatlar 
161 504,0 
53,9 
2. 
Saqlash va joriy ta’mirlash 
14 375,0 
4,8 
3. 
Moddiy oborot mablag’lar zahiralariga 
xarajatlar 
11 000,0 
3,7 
4. 
Tovar va xizmatlar sotib olish bilan bog’liq 
boshqa xarajatlar 
11 158,0 
3,7 
5. 
Telefon, telekommunikatsiya va axborot 
xizmatlari 
2 550,0 
0,9 
6. 
Asosiy vositalar sotib olish xarajatlari 
64 000,0 
21,4 
7. 
Boshqa turdagi texnika sotib olish 
30 000,0 
10,0 
8. 
Boshqa xarajatlar 
5039,0 
1,7 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turganidek, kollejning xarajatlar smetasi 
ijrosi bo’yicha IV-guruh “Boshqa xarajatlar”ning tarkibida asosiy o’rinni 
kommunal xizmatlar bo’yicha to’lovlar egallaydi, bu maqsadlardagi xarajatlar 
guruh xarajatlarining 53,9 foizini tashkil qilgan. Shuningdek, asosiy vositalar sotib 
olish, texnika sotib olish bilan bog’liq xarajatlar ham mos ravishda 21,4 va 10,0 
foizni tashkil qilgan. 
37
 
Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejining hisobot ma’lumotlari asosida muallif tomonidan 
tuzildi..
 


43 
2.3. 
O’rta maxsus ta’lim muassasalarida ish haqini rejalashtirish 
tartibi 
O’MKHT muassasalarining mehnatga haq to’lash jamg’armasi pedagog 
xodimlar, shu jumladan, kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta’limi ustalari 
mehnatiga haq to’lash jamg’armasi, ma’muriy xodimlar mehnatiga haq to’lash 
jamg’armasi, o’quv-yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar mehnatiga haq 
to’lash jamg’armalarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, I-guruh xarajatlari Direktor 
jamg’armasini ham o’z ichiga oladi. 
Muassasa tomonidan tuzilgan shtatlar jadvalida pedagog xodimlar ish haqi 
fondi tarifikatsiya ro’yxatiga asosan keltiriladi. Tarifikatsiya ro’yxatida pedagog 
xodimlarning malaka toifalari, ular ish vaqtining haqiqiy hajmi va shu kabilar 
keltiriladi va barcha pedagog xodimlar bo’yicha ish haqi fondining oylik va yillik 
umumiy miqdori ko’rsatiladi.
Pedagog xodimlar ish haqi fondini hisoblash uchun pedagog xodimlar 
shtatlari sonini aniqlab olish kerak, ularning soni xodimlarning 1540 soat 
hajmidagi yillik yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi (shundan 800 soati - o’quv 
yuklamasi, 740 soati - pedagogik yuklama)
38

Ish haqi xarajatlarini rejalashtirish tarifikatsiya ro’yxati asosida amalga 
oshiriladi, smetani tasdiqlash chog’ida tarifikatsiya ro’yxati smetaga ilova qilinadi. 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining kasb 
mahorati o’sishini rag’batlantirish maqsadida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan 
o’tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to’g’risidagi Nizom 
(29.08.2008 y. 1847-son bilan ro’yxatga olingan) bilan belgilanadigan talablarga, 
shuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o’rta 
maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda 
38
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.08.2002 y. PF-3112-son Farmoni; O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.08.2008 y. 165-son qarori. 


44 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 
tomonidan tasdiqlangan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari 
lavozimlarining malaka tavsiflariga muvofiq xodimlarning lavozimlari va malaka 
toifalari belgilanadi. 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog xodimlari 
mehnatiga haq to’lashning bazaviy tarif stavkalari O’zbekiston Respublikasi 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza kilish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining “O’rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalari rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarini 
tasdiqlash to’g’risida”gi (29.11.2011) qarori bilan o’rnatilgan. Masalan, o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq 
to’lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari keltirilgan bo’lib, ular:

xodimning lavozimiga;

xodimning malaka toifasiga;

o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining tipiga (akademik 
litsey/kasb-hunar kolleji) bog’liq ravishda tabaqalashtiriladi
Kasb-hunar kollejlarining birinchi malaka toifasiga, ikkinchi malaka 
toifasiga ega bo’lgan va malaka toifasiga ega bo’lmagan ishlab chiqarish ta’limi 
ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishli ravishda kasb-hunar kollejlarining 
katta o’qituvchisi, oliy ma’lumotli o’qituvchisi va o’rta maxsus ma’lumotli 
o’qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi
39

Kasb-hunar kollejlarining boshqa pedagogik xodimlari bazaviy tarif 
stavkalari miqdorlari ham ularning egallab turgan lavozimi va malaka tomfasiga 
ko’ra tabaqalashtirilgan.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ixtisoslik ta’lim 
yo’nalishlari bo’yicha bo’lim mudirlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari 
bo’limda ta’lim olayotgan o’quvchilar kontingentidan kelib chiqqan holda belgi-
lanadi. Bosh buxgalter lavozimlari ko’zda tutilgan bo’lib, ularning bazaviy tarif 
39
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 224-sonli qaroriga 
asosan. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012 y., 29-son, 338-modda. 


45 
stavkalari miqdorlari ham o’quvchilarning kontingentiga ko’ra O’MKHT 
muassasalari guruhlari bo’yicha tabaqalashtirilgan. 
O’MKHT muassasalarida umumiy yillik soatlar fondi direktorning o’quv 
ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan mazkur ta’lim muassasasidagi guruhlar 
sonini hisobga olgan holda o’quv rejasi asosida ishlab chiqiladi.
Har bir o’qituvchi bo’yicha o’quv va pedagogik yuklamani taqsimlash 
tarifikatsiya komissiyasi tomonidan umumiy soatlar fondi asosida amalga 
oshiriladi. Bunda O’MKHT muassasalaridagi o’qituvchilar soni, ularning 
o’qitayotgan fanlari bo’yicha mutaxassisligi hamda pedagogik tajribasi va malaka 
toifasiga e’tibor qaratiladi. 
O’qituvchilar tarifikatsiyasi har yili 1 sentyabr holati bo’yicha guruhlar 
to’ldirilgan va o’quv yuklamalar taqsimlab bo’lingandan so’ng amalga oshiriladi. 
O’MKHT muassasalarida tarifikatsiya bo’yicha ishlar ta’lim muassasasi 
rahbarining buyrug’i bilan tashkil etiladigan tarifikatsiya komissiyasi tomonidan 
o’tkaziladi. Mazkur ishlarni amalga oshirishda direktorning o’quv ishlari va kasbiy 
tayyorgarlik bo’yicha o’rinbosarlari, kadrlar bo’yicha inspektor, bosh buxgalter va 
mazkur ta’lim muassasasining kasaba uyushmasi raisi qatnashadi. 
O’qituvchilarning umumiy yuklamasi o’quv va pedagogik yuklamalardan 
tashkil topadi va bir yilga 1540 soatni tashkil etadi
40
. Pedagogik yuklama o’quv 
yuklamasiga proporsional ravishda 0,925 koeffitsientini qo’llash orqali aniqlanadi.
Namunaviy o’quv reja bo’yicha O’MKHT muassasasi o’qituvchisining oylik 
yuklamasi 154 soatni, shundan 80 soati - o’quv yuklamasini, 74 soati esa 
pedagogik yuklamani tashkil etadi. Bir oyda hisoblab chiqarilgan haftalar soni 
4,278 ga teng. 
O’qituvchilarning umumiy yuklamalari hamda o’quv va pedagogik 
yuklamalari hajmlarini aniqlash tartibini quyidagi misollarda ko’rib chiqamiz: 
40
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida 
Nizom. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son 
qaroriga 4-ilova. 


46 
1-misol: Matematika o’qituvchisining oylik umumiy yuklamasini topamiz. 
O’qituvchining oylik o’quv yuklamasi 80 soat hajmida belgilangan (1 stavka). 
Pedagogik yuklama o’quv yuklamasiga proporsional ravishda 0,925 koeffitsientini 
qo’llash orqali aniqlanadi. Demak, o’qituvchining pedagogik yuklamasi 74 soatni 
(80 soat 
0,925) soatni tashkil etadi. Shunday qilib, o’qituvchining umumiy 
yuklamasi (80 soat + 74 soat) 154 soatga teng. 
2-misol: Fizika o’qituvchisining oylik umumiy yuklamasini topamiz.
 
Fizika 
o’qituvchisining oylik o’quv yuklamasi 104 soat hajmida belgilangan (1,3 stavka). 
Pedagogik yuklama hajmi tegishlicha 96,2 soatni (104 soat
0,925) tashkil etadi. 
Demak, fizika o’qituvchisining oylik umumiy yuklamasi hajmi 200,2 (104 soat + 
96,2 soat) soatga teng. 
3-misol: Kasb-hunar kolleji fan o’qituvchisining oylik umumiy yuklamasini 
topamiz.
 
Kasb-hunar kolleji fan o’qituvchisining (нetakchi o’qituvchi) oylik uquv 
yuklamasi 60 soat hajmida belgilangan (0,75 stavka). Uning pedagogik yuklamasi 
hajmi tegishlicha 55,5 soatni tashkil etadi (60 soat 
0,925). Demak, 
o’qituvchining umumiy yuklamasi 115,5 (60 + 55,5) soatga teng.
O’MKHT muassasasi pedagog xodimlari mehnatini me’yorlashtirish 
ularning yillik shaxsiy ish rejalariga asoslanadi. O’qituvchilarning shaxsiy yillik 
ish rejalari O’MKHT muassasasi ma’muriyati tomonidan kengaytirilgan 
pedagogik kengashda muhokamadan o’tgandan so’ng tasdiqlanadi va unda rejaga 
kiritilgan ishlarni bajarishga sarflanishi lozim bo’lgan ish vaqti ko’rsatiladi. 
O’MKHT muassasalari o’qituvchilarining ish haqi amaldagi qonunchilikka 
muvofiq buxgalteriyaga taqdim etiladigan quyidagi birlamchi hujjatlar asosida 
hisoblab chiqiladi: 

tarifikatsiya ro’yxati; 

O’MKHT muassasasi xodimlarini ishga tayinlash (bo’shatish, yangi 
lavozimga tayinlash) to’g’risidagi buyruqdan ko’chirma yoki buyruq nusxasi; 

ish vaqtini hisobga olish tabellari; 

vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasi: 


47 

amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa birlamchi hujjatlar. 
O’MKHT muassasalari xodimlariga qonunchilikda belgilangan bir qator 
qo’shimcha ish haqlari ham to’lanadi. Bu to’lovlarning ayrimlari doimiy 
o’rnatilgan qo’shimchalar sifatida “ish haqi” kodi bo’yicha byudjetdan, ayrimlari 
O’bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan 
tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 
165-son qarori bilan tuzilgan Direktor jamg’armasidan moliyalashtiriladi.
Qonun bilan belgilangan qo’shimchalarga noqulay mehnat sharoitlarida 
ishlagan xodimlar uchun miqdori amaldagi qonunchilikka muvofiq xodimning 
bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizda hisoblanadigan ustamalar (hududiy 
koeffitsientlar) kiradi. 
Ushbu ustamalardan tashqari, O’MKHT muassasalari o’qituvchilari ish 
haqiga byudjetdan ajratiladigan quyidagi ustama va qo’shimchalar belgilanadi: 

daftar va yozma ishlarni tekshirganligi uchun - eng kam oylik ish haqining 
50 foizi; 

guruhga rahbarlik qilganligi uchun - eng kam oylik ish haqining 100 foizi; 

o’quv va laboratoriya kabinetiga mudirlik qilganligi uchun - eng kam oylik 
ish haqining 50 foizi; 

sikl rahbarligi uchun - eng kam oylik ish haqining 15 foizi; 
San’at va musiqa kollejlari o’qituvchilariga bo’limlarda ta’lim olayotgan 
o’quvchilar soniga bog’liq holda quyidagi miqdorlarda ustamalar belgilanadi: 

5 nafardan 100 nafargacha o’quvchilar mavjud bo’lsa - eng kam oylik ish 
haqining 20 foizi; 

100 nafar va undan ortiq o’quvchilar mavjud bo’lsa - eng kam oylik ish 
haqining 30 foizi miqdorida. 
Biz yuqorida O’MKHT muassasalari xarajatlar smetasi I-guruhining asosini 
tashkil qiladigan barcha xodimlar ish haqini hisoblash va mehnat haqi fondini 
rejalashtirish tartibini ko’rib chiqdik. I guruh xarajatlarini hisoblashda yana shuni 


48 
e’tiborga olish lozimki, bu guruhning tegishli kichik moddasida to’liq davlat 
ta’minotida bo’lgan, yetim va ota-ona qarovisiz qolgan o’quvchilarga o’qishni 
bitirish va ishga joylashish bo’yicha ajratiladigan bir martalik to’lovlar 
rejalashtiriladi. Bu nafaqalar, agar bitiruvchi oliy ta’lim muassasasiga kirib, 
o’qishni davom ettiradigan bo’lsa, ushbu ko’zda tutilgan nafaqalar OTMni 
tugatganidan keyin to’lanadi. Mazkur nafaqalar miqdori amaldagi eng kam ish 
haqi miqdorining 100 baravariga teng hajmda belgilanadi. 
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlarning 
muvaffaqiyati, bu tizimidagi ta’limning mazmuni va sifati, ko’p jihatdan O’MKHT
kadrlar salohiyatiga, inson omiliga bog’liq. O’MKHT muassasalarida o’quv-
tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish, professional tayyorgarlikni 
rag’batlantirish, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’qituvchilari 
va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mehnatiga haq to’lashning ularning o’quv 
va tarbiya jarayoniga, o’quvchilarda professional ko’nikmalar shakllanishiga 
qo’shgan shaxsiy hissasi bilan bevosita o’zaro aloqadorligini ta’minlash, kasb 
mahorati va malaka o’sishini rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari 
mehnatiga haq to’lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag’batlantirishni 
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son 
qaroriga muvofiq, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Direktor 
jamg’armasi tuzildi va 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran amal qilib kelmoqda. “O’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg’armasi to’g’risidagi 
Nizom”
41
bilan ushbu jamg’arma mablag’larini shakllantirish va ulardan 
foydalanish tartibi belgilab berildi. 
Direktor jamg’armasi barcha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari-
da tashkil etiladi. 
Direktor jamg’armasi mablag’lari quyidagi maqsadlarga yo’naltiriladi: 
41
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash 
to’g’risida”gi 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga 5-ilova. 


49 

o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining faqat yuksak kasb 
mahoratiga ega bo’lgan va o’quv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq shaxsiy 
hissa qo’shayotgan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy 
tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashga;

o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo’la 
mukofotlar to’lash va moddiy yordam ko’rsatishga (alohida hollarda). 
Direktor jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbai Respublika 
byudjeti va mahalliy byudjetlarda belgilangan tartibda nazarda tutiladigan byudjet 
ajratmalari hisoblanadi. 
Direktor jamg’armasi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi mehnatga 
haq to’lash fondining 15 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda tashkil etiladi 
(imkoniyatlari cheklangan va jismoniy rivojlanishida o’ziga xos xususiyatlarga ega 
bo’lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlarda esa — 25 foizdan ortiq 
emas).

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin