Pensiya ishi


  O’rta maxsus ta’lim muassasalarida smeta xarajatlarini



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

2.2. 
O’rta maxsus ta’lim muassasalarida smeta xarajatlarini
rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi 
 
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-moddasida byudjet 
tashkilotlariga quyidagicha ta’rif berilgan: “Byudjet tashkiloti – davlat 
funktsiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati 
organlarining qaroriga ko’ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan 
saqlab turiladigan notijorat tashkilot”
34
. Bu tashkilotlar asosan yuridik shaxs 
maqomiga ega bo’lib, ularning faoliyati bu maqomning barcha talablariga 
(moddiy-texnika bazasi va faoliyat sohasi bo’yicha xo’jalik faoliyati bilan 
shug’ullanish uchun yetarli sharoitning mavjudligi, buxgalter kadrlarning mavjud 
bo’lishi, shaxsiy hisobraqamining mavjud bo’lishi va sh.k.) javob berishi kerak. 
Byudjet tashkilotlari bo’ysunuviga ko’ra, respublika byudjeti va mahalliy 
(viloyat, tuman, shahar) byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlanadilar, ularning 
joriy faoliyati byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlashning o’rnatilgan 
tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan 
tashkilotlar mustaqil ravishda o’z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida 
qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar. 
Izlanish obyekti sifatida tanlangan O’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi 
markazi, Toshkent shahar o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga qarashli 
bo’lgan Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji ham byudjet tashkiloti sifatida 
mustaqil ravishda o’zining byudjetdan olinadigan mablag’lari bo’yicha xarajatalr 
smetasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlab, ro’yxatdan o’tkazadi.
Xarajatlar smetasi

byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet 
mablag’larining hajmi, maqsadli yo’nalishi va yil choraklari (har bir chorakning 
oylari) bo’yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati 
hisoblanadi. 
34
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 
O‘RQ-360-son, 26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y. 52-son, 
645-modda. 


39 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O’zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan ro’yxatga olingan 
“Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va 
shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi 
Nizom”
35
ga muvofiq, O’MKHT muassasasi smetasi ham, boshqa byudjet 
tashkilotlari qatori, quyidagi xarajat guruhlari bo’yicha rejalashtiriladi:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin