Pensiya ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

 
32
 
O’sha joyda.
33
O’sha joyda



36 
1)
qonunchilik bo’yicha alohida iqlim sharoitlari uchun hududiy koeffitsientlar 
belgilangan joylardagi O’MKHT muassasalari xarajatlar smetalarida ish haqiga 
qo’shimchalar, shuningdek, uzluksiz ishlagani uchun oylik qo’shimcha to’lovlar 
xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo’llash 
asosida hisoblangan mablag’lar miqdoriga qo’shimcha ravishda o’rnatilgan 
tartibda to’lanadi. 
2)
O’MKHT muassasasining ayrim byudjet xarajatlari bo’yicha debitor 
qarzdorligi mavjud bo’lganda, xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga 
tuzatish koeffitsientlarini qo’llash asosida hisoblangan byudjet xarajatlarining 
hajmi mazkur qarzdorlik summasiga kamaytiriladi. 
Muassasasining joriy yilning boshiga yuzaga kelgan kreditor qarzdorligi 
muassasaning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan, mablag’lar yetishmagan 
taqdirda esa xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsi-
entlarini qo’llash asosida aniqlangan byudjet mablag’lari doirasida qoplanadi. 
3)
O’MKHT muassasalari gaz, ko’mir va markazlashgan issiqlik tizimidan 
tashqari, boshqa yoqilg’i turlari yordamida isitilgan hollarda yoqilg’i (masalan, 
o’tin, mazut, pech yoqilg’isi) sotib olish xarajatlari bazaviy normativlar asosida 
hisoblangan muassasa byudjetiga qo’shimcha ravishda, respublika va mahalliy 
byudjetlarning oliy va o’rta maxsus ta’lim va kadrlar malakasini oshirish uchun 
ajratiladigan xarajatlari doirasida rejalashtirishga ruxsat etiladi. 
4)
xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini 
qo’llash asosida hisoblangan O’MKHT muassasalari bo’yicha byudjet 
xarajatlarining miqdorlari joriy yil uchun respublika byudjetining o’rta maxsus, 
oliy ta’lim va kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan tasdiqlangan 
xarajatlari doirasida aniqlanadi. 
5)
Moliya organlari tomonidan xarajatlar smetasini tuzish va xarajatlar 
miqdorini aniqlashda ayrim O’MKHT muassasalari xarajatlarning bazaviy 
normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo’llash asosida hisoblangan 
byudjetiga O’MKHT muassasalarining amaldagi xarajatlari miqdoridan sezilarli 
farq qilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida respublika byudjetining o’rta maxsus, 


37 
oliy ta’lim va kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan tasdiqlangan 
xarajatlar doirasida ajratiladigan mablag’larning 8 foizi miqdorigacha tuzatish 
kiritishga ruxsat beriladi. Bunda smetaga ularning byudjetiga tuzatish kiritish 
zarurligini asoslovchi tegishli hisob-kitoblar ilova kilinadi. 
6)
xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va pedagog xodimlar tarifikatsiya 
ro’yxatini tuzish O’MKHT muassasasi rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) 
tomonidan o’rnatilgan tartibga muvofiq hamda xarajatlarning bazaviy normativlari 
va tuzatish koeffitsientlarini qo’llash asosida hisoblangan mablag’lar doirasida 
amalga oshiriladi. Bunda mablag’larning quyidagi qat’iy tartibda taqsimlanishi 
belgilab qo’yiladi: 

ish haqi va yagona ijtimoiy to’lov; 

stipendiyalar; 

to’liq davlat ta’minotida bo’lgan yetim va ota-ona qarovisiz qolgan 
o’quvchilarni moddiy ta’minlash; 

kommunal xizmatlar uchun xarajatlar; 

qolgan joriy xarajatlar va boshqa xarajatlar. 
O’MKHT muassasalari uchun belgilanadigan xarajatlarning bazaviy 
normativlari har yili qayta ko’rib chiqiladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
markazi qarorlari, navbatdagi yil uchun bir nafar o’quvchini o’qitish 
xarajatlarining bazaviy normativlaridan kelib chiqib o’rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalari xarajatlarini normativ rejalashtirish tartibi to’g’risida 
Nizomga muvofiq tasdiqlanadi. 2017-yil uchun mazkur normativlar O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi markazining 2017-yil 9-mart . 26/14 QQ-son qo’shma qarori 
bilan tasdiqlangan. 
O’MKHT muassasasi byudjetining (jon boshiga moliyalashtirish usuli bilan 
hisoblangan) umumiy summasi xarajatlarning iqtisodiy tasnifiga ko’ra xarajat 
guruhlarini belgilangan tartibda hisoblash asosida xarajat guruhlari bo’yicha 
taqsimlanadi. 


38 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin