54
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini
muvofiqlashtirish;
yoshlarni har tomonlama barkamol qilib, vatanparvarlik va milliy
mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga,
shuningdek, o’quvchilarda
boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosimizga, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan ma’naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga
yo’naltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida
tashkil etish;
yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan har tomonlama
hamkorlikni
rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o’quv loyihalarini birgalikda
amalga oshirish uchun kasb-hunar ta’limi sohasiga yuqori malakali xorijiy
mutaxassislarni jalb etish;
kasb-hunar ta’limi milliy standartlari talablarini xalqaro ta’lim standartlari
tasniflagichiga, xalqaro malaka talablariga muvofiqlashtirish, milliy malaka
talablarini bosqichma-bosqich xalqaro analoglarga moslashtirish va e’tirof
etilishiga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
kasbga o’rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta’lim
olishni
birgalikda olib boradigan, shuningdek, nodavlat ta’lim sektorini uzluksiz davlat
ta’lim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta’lim jarayonini
tashkil etish bo’yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish
va kelgusida
amaliyotga joriy etish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o’stirish hamda
modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo’lgan kadrlarni
tayyorlash maqsadida o’quv jarayoniga innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va
ishlanmalarni faol qo’llab kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarishning o’zaro yaqin
hamkorligini ta’minlash;
yuqori samarali o’quv-laboratoriya uskunalari,
kompyuter texnikasi va
innovatsion texnologiyalarga asoslangan parklar bilan jihozlangan kasb-hunar
55
kollejlarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish va yanada
mustahkamlash, undan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Yuqorida nomi keltirilgan qaror bilan quyidagilar belgilab qo’yildi:
kasb-hunar kollejlari aksariyat hollarda vazirliklar, idoralar, xo’jalik
birlashmalari, tijorat banklari hamda yirik korxonalar — tarmoq bo’ysunuvi
bo’yicha kadrlarga buyurtmachilar tarkibida faoliyat yuritadi;
kasb-hunar kollejlarining
beriladigan binolari, inshootlari, jihozlari, mebel
va inventari qiymati qo’shilgan qiymat solig’i va daromad solig’ini hisoblab
chiqishda soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
2017-2018-o’quv yiligacha kasb-hunar kollejlariga qabul qilingan
o’quvchilar o’qishni to’liq tugatguniga kadar ushbu
kasb-hunar kollejlarining
xarajatlari O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan
ta’minlanadi;
vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik
korxonalarning tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarini saqlash, kadrlarni o’qitish,
malakasini oshirish va qayta tayyorlashga maqsadli tarzda yo’naltirilgan
mablag’lari barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamg’armalariga
majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
Dostları ilə paylaş: