63
XULOSA VA TAKLIFLAR
Mazkur bitiruv malakaviy ishda biz tomondan O’zbekiston Respublikasi
ta’lim tizimini moliyalashtirishning bugungi kundagi holatini, ta’lim tizimining
muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini
moliyalashtirish usullari tavsifini, bu usullar ichida ta’lim tizimi iste’molchilariga
qaratilgan bir o’quvchi soniga ko’ra xarajatlarni rejalashtirish va
moliyalashtirishning mazmuni va afzalliklari, O’zbekiston hukumati qarorlarida
ko’zda tutilgan bir o’quvchiga xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan
holda kasb-hunar kollejlarining byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini
moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish
masalalarini tadqiq etdik.
Tadqiqotlarni olib borish davomida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning ta’lim
tizimi taraqqiyoti va, ayniqsa, uni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash,
moliyalashtirishning yangi ilg’or usullarini qo’llashga taalluqli ma’ruzalarini,
qolaversa, matbuotda chop etilgan, turli ilmiy anjumanlarda ko’tarilgan ta’lim
tizimida moliyalash va rejalashtirishning yangi usullari xususiyatlarini o’rgandik.
Olib borgan izlanishlarimiz asosida shakllangan xulosa va takliflarimiz
quyidagilardan iborat:
1.
O’zbekiston Respublikasi yaqin va uzoq xorijdagi davlatlar ichida ta’lim
tizimi uchun davlat byudjetidan eng ko’p mablag’ ajaratayotgan davlat
hisoblanadi
.
Ushbu ko’rsatkichning hatto rivojlangan davlatlar ko’rsatkichlaridan
ham balandligi, ya’ni faqat davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag’lar YaIM
ning 7-8 foizini, boshqa barcha manbalaridan esa 10-12 foizini tashkil qilishi
davlat tomonidan ta’lim tizimiga e’tiborning yuqori ekanligidan dalolat beradi.
2.
Bugungi kunda ta’lim sohasini boshqarish va moliyalashtirishda
davlatning ustuvorligi saqlanib kelmoqda. Bu holatni qabul qilinayotgan davlat
dasturlarida, prezident qarorlari va farmonlarida, hokimiyatlarning qarorlarida
ko’rish mumkin. Boshqacha aytganda, fuqarolarning ta’lim olish bilan bog’liq
konstitutsiyaviy huquqlari to’laqonli ta’minlanmoqda.
64
3.
Mamlakatimizda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini saqlash
va rivojlantirish xarajatlari asosan davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga
oshirilmoqda.
4.
O’zbekistonda ta’lim tizimida jon boshiga moliyalashtirishni keng
miqyosda tatbiq etish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Barcha ta’lim
muassasalarida bir o’quvchiga o’rnatilgan bazaviy me’yorlar asosida muassasa
byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishga o’tish sharoitlarini
belgilab bergan hukumat qarorlarining qabul qilinishi bu yo’nalishdagi qat’iy
qadam bo’ldi. Lekin bundan keyin ham bu yo’ldagi ishlarni rivojlantirish zarur.
Fikrimizcha, davlat byudjetidan ta’lim tizimiga ajratilayotgan xarajatlar jami
byudjet xarajatlarining 34-35 foizini tashkil qilayotgan bir davrda bu mablag’larni
rejalashtirish va oqilona sarflash masalalari davlat moliyasini boshqarish sohasiga
mutaxassis kadrlar tayyorlashga yangi talablarni qo’yadi, shu mavzularni o’rgatish
uchun soatlar sonining ko’paytirilishini talab etadi.
5.
Byudjet
mablag’larining
cheklanganligi
sharoitida
ta’lim
muassasalarining byudjetdan tashqari daromad topishlari uchun shart-sharoitlar
yaratib berish ta’lim tizimining moddiy ta’minotiga va unda ishlovchilarning
qo’shimcha daromad topishlari imkoniyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim
muassasalarining o’z faoliyat turlari bo’yicha qo’shimcha pullik xizmat
ko’rsatishlarini rag’batlantirish esa aholining ta’lim xizmatlariga oshib borayotgan
ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi.
6.
Ma’lumki, ta’lim bu davlatning strategik resursi, bu tizimga qilingan
investitsiya – kelajak taraqqiyotiga qo’yilgan kapitaldir, shuning uchun ham bu
sektorni bozor tamoyillariga bo’ysundirish yaramaydi, bu soha har doim
davlatning diqqat e’tiborida va qo’llab-quvvatlashida bo’lishi lozim, deb
hisoblaymiz.
7.
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimiga nodavlat mablag’larini,
jumladan, korxonalarning mablag’lari, xorijiy tashkilotlar, hayriya tashkilotlari
mablag’larini jalb etish tizimning ortib borayotgan ehtiyojlarini qo’shimcha
moliyalash imkonini bergan bo’lardi, masalan, kompyuterlar, sport jihozlari,
65
laboratoriya jihozlari kabilar bilan ta’minlash masalalarida xorijiy tashkilotlar va
ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik yaxshi natijalar bergan bo’lardi.
8.
Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy
texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo’lgan va
turdosh
mutaxassisliklar
bo’yicha
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega
bo’lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlashni
yo’lga qo’yish lozim.
9.
Kadrlarga bo’lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini
hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini
muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq.
10.
Kasbga o’rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta’lim
olishni birgalikda olib boradigan, shuningdek, nodavlat ta’lim sektorini uzluksiz
davlat ta’lim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta’lim
jarayonini tashkil etish bo’yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish va
kelgusida amaliyotga joriy etish zarur.
11.
Bugungi kunda kasb-hunar ta’limi muassasalarida bir o’quvchiga
bazaviy xarajatlar me’yorlarini ishlab chiqishda oldingi yil ko’rsatkichlari asos
qilib olinmoqda, aslida bu bazaviy me’yor muassasaning ehtiyojlarini minimal
darajada bo’lsa ham inobatga olgan holda aniqlanishi kerak, shundagina jon
boshiga qarab mablag’ ajratish samarasi yuqori bo’ladi. Shuningdek, xarajatlarning
bazaviy me’yorlariga ko’ra muassasa byudjetini aniqlashning yuqoridagi bobda
(amaldagi me’yoriy hujjatlarga tayangan holda) bayon qilingan formulasi ancha
murakkab bo’lib, aslida formula asosida rejalashtirish aniq, sodda va hamma uchun
tushunarli, ochiq-oydin va shaffof bo’lishi kerak, deb hisoblaymiz.
|