56
xarajatlarni amalga oshirish vazifalari to’laqonli bajarilmasligi holatlari
kuzatilmoqda.
Bu borada o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining pedagog kadrlarini
qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish jarayonlarini moliyalashtirish
masalalari ham alohida o’rganish predmeti bo’ladi.
Bu jarayonlarni
moliyalashtirish davlat byudjetining respublika byudjeti mablag’lari hisobidan
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi markazi, Kasb-hunar
ta’limi hududiy boshqarmalari va tasarrufida kasb-hunar ta’limi muassasalari
bo’lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar
va pedagog kadrlarini o’qitishning buyurtmachisi hisoblanadilar.
Kasb-hunar ta’limi markazi Kasb-hunar ta’limi
hududiy boshqarmalaridan
olgan ma’lumotlar asosida har yili dekabr oyining birinchi o’n kunligida kelgusi
yil uchun rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlashning prognoz reja-dasturini tuzadi.Tuzilgan prognoz reja-dasturiga
muvofiq dekabr oyining uchinchi o’n kunligida
muassasalarning rahbar va
pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslaridan
o’tishning har yillik jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, jadvalda toifalar
bo’yicha tinglovchilar
kontingentining taqsimlanishi, viloyatlar, oliy ta’lim
muassasalari va institut bo’yicha malaka oshirish hamda qayta tayyorlash
kurslarini o’tkazishning joyi va vaqti, turlari va shakllari ko’rsatiladi.
Rejalashtirilgan mablag’lar doirasida Kasb-hunar ta’limi hududiy
boshqarmalari tomonidan mos ravishda 41 ta ixtisoslashgan oliy ta’lim
muassasalari bilan, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi
tizimi pedagog kadrlarini
malkasini oshirish va qayta tayyorlash o’quv kurslarini tashkil etish yuzasidan
shartnomalar imzolanadi va o’quv kurslari tashkil etiladi. 2015-2017-yillarda o’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining pedagog kadrlari qayta tayyorlash hamda
malakasini oshirish jarayonlari uchun quyidagicha mablag’lar rejalashtirilgan va
sarflangan.
Jadvalda keltirilgan rejalashtirilgan mablag’lar
va ularning kassa ijrosi
dinamikasi ajratilgan mablag’lar yillik qabul rejalari, shuningdek, respublikadagi
57
eng kam oylik ish haqining o’zgarishiga bog’liq
ravishda tasdiqlangan
kalkulyatsiyalar asosida o’sib borgan.
11-jadval
Dostları ilə paylaş: