Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji xarajatlar smetasining 2017-yil
bo’yicha “Boshqa xarajatlar” tarkibi
37
(ming so’m)
№
Xarajat moddalari
smeta
bo’yicha reja
jamiga
nisbatan
ulushi, %
IV. Boshqa xarajatlar
299 621,0
100,0
1.
Kommunal xizmatlar
161 504,0
53,9
2.
Saqlash va joriy ta’mirlash
14 375,0
4,8
3.
Moddiy oborot mablag’lar zahiralariga
xarajatlar
11 000,0
3,7
4.
Tovar va xizmatlar sotib olish bilan bog’liq
boshqa xarajatlar
11 158,0
3,7
5.
Telefon, telekommunikatsiya va axborot
xizmatlari
2 550,0
0,9
6.
Asosiy vositalar sotib olish xarajatlari
64 000,0
21,4
7.
Boshqa turdagi texnika sotib olish
30 000,0
10,0
8.
Boshqa xarajatlar
5039,0
1,7
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turganidek, kollejning xarajatlar smetasi
ijrosi bo’yicha IV-guruh “Boshqa xarajatlar”ning tarkibida asosiy o’rinni
kommunal xizmatlar bo’yicha to’lovlar egallaydi, bu maqsadlardagi xarajatlar
guruh xarajatlarining 53,9 foizini tashkil qilgan. Shuningdek, asosiy vositalar sotib
olish, texnika sotib olish bilan bog’liq xarajatlar ham mos ravishda 21,4 va 10,0
foizni tashkil qilgan.
37
Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejining hisobot ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
tuzildi..
43
2.3.
O’rta maxsus ta’lim muassasalarida ish haqini rejalashtirish
tartibi
O’MKHT muassasalarining mehnatga haq to’lash jamg’armasi pedagog
xodimlar, shu jumladan, kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta’limi ustalari
mehnatiga haq to’lash jamg’armasi, ma’muriy xodimlar mehnatiga haq to’lash
jamg’armasi, o’quv-yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar mehnatiga haq
to’lash jamg’armalarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, I-guruh xarajatlari Direktor
jamg’armasini ham o’z ichiga oladi.
Muassasa tomonidan tuzilgan shtatlar jadvalida pedagog xodimlar ish haqi
fondi tarifikatsiya ro’yxatiga asosan keltiriladi. Tarifikatsiya ro’yxatida pedagog
xodimlarning malaka toifalari, ular ish vaqtining haqiqiy hajmi va shu kabilar
keltiriladi va barcha pedagog xodimlar bo’yicha ish haqi fondining oylik va yillik
umumiy miqdori ko’rsatiladi.
Pedagog xodimlar ish haqi fondini hisoblash uchun pedagog xodimlar
shtatlari sonini aniqlab olish kerak, ularning soni xodimlarning 1540 soat
hajmidagi yillik yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi (shundan 800 soati - o’quv
yuklamasi, 740 soati - pedagogik yuklama)
38
.
Ish haqi xarajatlarini rejalashtirish tarifikatsiya ro’yxati asosida amalga
oshiriladi, smetani tasdiqlash chog’ida tarifikatsiya ro’yxati smetaga ilova qilinadi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining kasb
mahorati o’sishini rag’batlantirish maqsadida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan
o’tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to’g’risidagi Nizom
(29.08.2008 y. 1847-son bilan ro’yxatga olingan) bilan belgilanadigan talablarga,
shuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda
38
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.08.2002 y. PF-3112-son Farmoni; O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.08.2008 y. 165-son qarori.
44
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
tomonidan tasdiqlangan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari
lavozimlarining malaka tavsiflariga muvofiq xodimlarning lavozimlari va malaka
toifalari belgilanadi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog xodimlari
mehnatiga haq to’lashning bazaviy tarif stavkalari O’zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza kilish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining “O’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarini
tasdiqlash to’g’risida”gi (29.11.2011) qarori bilan o’rnatilgan. Masalan, o’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq
to’lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari keltirilgan bo’lib, ular:
xodimning lavozimiga;
xodimning malaka toifasiga;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining tipiga (akademik
litsey/kasb-hunar kolleji) bog’liq ravishda tabaqalashtiriladi
Kasb-hunar kollejlarining birinchi malaka toifasiga, ikkinchi malaka
toifasiga ega bo’lgan va malaka toifasiga ega bo’lmagan ishlab chiqarish ta’limi
ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishli ravishda kasb-hunar kollejlarining
katta o’qituvchisi, oliy ma’lumotli o’qituvchisi va o’rta maxsus ma’lumotli
o’qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi
39
.
Kasb-hunar kollejlarining boshqa pedagogik xodimlari bazaviy tarif
stavkalari miqdorlari ham ularning egallab turgan lavozimi va malaka tomfasiga
ko’ra tabaqalashtirilgan.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ixtisoslik ta’lim
yo’nalishlari bo’yicha bo’lim mudirlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari
bo’limda ta’lim olayotgan o’quvchilar kontingentidan kelib chiqqan holda belgi-
lanadi. Bosh buxgalter lavozimlari ko’zda tutilgan bo’lib, ularning bazaviy tarif
39
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 224-sonli qaroriga
asosan. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012 y., 29-son, 338-modda.
45
stavkalari miqdorlari ham o’quvchilarning kontingentiga ko’ra O’MKHT
muassasalari guruhlari bo’yicha tabaqalashtirilgan.
O’MKHT muassasalarida umumiy yillik soatlar fondi direktorning o’quv
ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan mazkur ta’lim muassasasidagi guruhlar
sonini hisobga olgan holda o’quv rejasi asosida ishlab chiqiladi.
Har bir o’qituvchi bo’yicha o’quv va pedagogik yuklamani taqsimlash
tarifikatsiya komissiyasi tomonidan umumiy soatlar fondi asosida amalga
oshiriladi. Bunda O’MKHT muassasalaridagi o’qituvchilar soni, ularning
o’qitayotgan fanlari bo’yicha mutaxassisligi hamda pedagogik tajribasi va malaka
toifasiga e’tibor qaratiladi.
O’qituvchilar tarifikatsiyasi har yili 1 sentyabr holati bo’yicha guruhlar
to’ldirilgan va o’quv yuklamalar taqsimlab bo’lingandan so’ng amalga oshiriladi.
O’MKHT muassasalarida tarifikatsiya bo’yicha ishlar ta’lim muassasasi
rahbarining buyrug’i bilan tashkil etiladigan tarifikatsiya komissiyasi tomonidan
o’tkaziladi. Mazkur ishlarni amalga oshirishda direktorning o’quv ishlari va kasbiy
tayyorgarlik bo’yicha o’rinbosarlari, kadrlar bo’yicha inspektor, bosh buxgalter va
mazkur ta’lim muassasasining kasaba uyushmasi raisi qatnashadi.
O’qituvchilarning umumiy yuklamasi o’quv va pedagogik yuklamalardan
tashkil topadi va bir yilga 1540 soatni tashkil etadi
40
. Pedagogik yuklama o’quv
yuklamasiga proporsional ravishda 0,925 koeffitsientini qo’llash orqali aniqlanadi.
Namunaviy o’quv reja bo’yicha O’MKHT muassasasi o’qituvchisining oylik
yuklamasi 154 soatni, shundan 80 soati - o’quv yuklamasini, 74 soati esa
pedagogik yuklamani tashkil etadi. Bir oyda hisoblab chiqarilgan haftalar soni
4,278 ga teng.
O’qituvchilarning umumiy yuklamalari hamda o’quv va pedagogik
yuklamalari hajmlarini aniqlash tartibini quyidagi misollarda ko’rib chiqamiz:
40
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida
Nizom. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son
qaroriga 4-ilova.
46
1-misol: Matematika o’qituvchisining oylik umumiy yuklamasini topamiz.
O’qituvchining oylik o’quv yuklamasi 80 soat hajmida belgilangan (1 stavka).
Pedagogik yuklama o’quv yuklamasiga proporsional ravishda 0,925 koeffitsientini
qo’llash orqali aniqlanadi. Demak, o’qituvchining pedagogik yuklamasi 74 soatni
(80 soat
0,925) soatni tashkil etadi. Shunday qilib, o’qituvchining umumiy
yuklamasi (80 soat + 74 soat) 154 soatga teng.
2-misol: Fizika o’qituvchisining oylik umumiy yuklamasini topamiz.
Fizika
o’qituvchisining oylik o’quv yuklamasi 104 soat hajmida belgilangan (1,3 stavka).
Pedagogik yuklama hajmi tegishlicha 96,2 soatni (104 soat
0,925) tashkil etadi.
Demak, fizika o’qituvchisining oylik umumiy yuklamasi hajmi 200,2 (104 soat +
96,2 soat) soatga teng.
3-misol: Kasb-hunar kolleji fan o’qituvchisining oylik umumiy yuklamasini
topamiz.
Kasb-hunar kolleji fan o’qituvchisining (нetakchi o’qituvchi) oylik uquv
yuklamasi 60 soat hajmida belgilangan (0,75 stavka). Uning pedagogik yuklamasi
hajmi tegishlicha 55,5 soatni tashkil etadi (60 soat
0,925). Demak,
o’qituvchining umumiy yuklamasi 115,5 (60 + 55,5) soatga teng.
O’MKHT muassasasi pedagog xodimlari mehnatini me’yorlashtirish
ularning yillik shaxsiy ish rejalariga asoslanadi. O’qituvchilarning shaxsiy yillik
ish rejalari O’MKHT muassasasi ma’muriyati tomonidan kengaytirilgan
pedagogik kengashda muhokamadan o’tgandan so’ng tasdiqlanadi va unda rejaga
kiritilgan ishlarni bajarishga sarflanishi lozim bo’lgan ish vaqti ko’rsatiladi.
O’MKHT muassasalari o’qituvchilarining ish haqi amaldagi qonunchilikka
muvofiq buxgalteriyaga taqdim etiladigan quyidagi birlamchi hujjatlar asosida
hisoblab chiqiladi:
tarifikatsiya ro’yxati;
O’MKHT muassasasi xodimlarini ishga tayinlash (bo’shatish, yangi
lavozimga tayinlash) to’g’risidagi buyruqdan ko’chirma yoki buyruq nusxasi;
ish vaqtini hisobga olish tabellari;
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasi:
47
amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa birlamchi hujjatlar.
O’MKHT muassasalari xodimlariga qonunchilikda belgilangan bir qator
qo’shimcha ish haqlari ham to’lanadi. Bu to’lovlarning ayrimlari doimiy
o’rnatilgan qo’shimchalar sifatida “ish haqi” kodi bo’yicha byudjetdan, ayrimlari
O’bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan
tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi
165-son qarori bilan tuzilgan Direktor jamg’armasidan moliyalashtiriladi.
Qonun bilan belgilangan qo’shimchalarga noqulay mehnat sharoitlarida
ishlagan xodimlar uchun miqdori amaldagi qonunchilikka muvofiq xodimning
bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizda hisoblanadigan ustamalar (hududiy
koeffitsientlar) kiradi.
Ushbu ustamalardan tashqari, O’MKHT muassasalari o’qituvchilari ish
haqiga byudjetdan ajratiladigan quyidagi ustama va qo’shimchalar belgilanadi:
daftar va yozma ishlarni tekshirganligi uchun - eng kam oylik ish haqining
50 foizi;
guruhga rahbarlik qilganligi uchun - eng kam oylik ish haqining 100 foizi;
o’quv va laboratoriya kabinetiga mudirlik qilganligi uchun - eng kam oylik
ish haqining 50 foizi;
sikl rahbarligi uchun - eng kam oylik ish haqining 15 foizi;
San’at va musiqa kollejlari o’qituvchilariga bo’limlarda ta’lim olayotgan
o’quvchilar soniga bog’liq holda quyidagi miqdorlarda ustamalar belgilanadi:
5 nafardan 100 nafargacha o’quvchilar mavjud bo’lsa - eng kam oylik ish
haqining 20 foizi;
100 nafar va undan ortiq o’quvchilar mavjud bo’lsa - eng kam oylik ish
haqining 30 foizi miqdorida.
Biz yuqorida O’MKHT muassasalari xarajatlar smetasi I-guruhining asosini
tashkil qiladigan barcha xodimlar ish haqini hisoblash va mehnat haqi fondini
rejalashtirish tartibini ko’rib chiqdik. I guruh xarajatlarini hisoblashda yana shuni
48
e’tiborga olish lozimki, bu guruhning tegishli kichik moddasida to’liq davlat
ta’minotida bo’lgan, yetim va ota-ona qarovisiz qolgan o’quvchilarga o’qishni
bitirish va ishga joylashish bo’yicha ajratiladigan bir martalik to’lovlar
rejalashtiriladi. Bu nafaqalar, agar bitiruvchi oliy ta’lim muassasasiga kirib,
o’qishni davom ettiradigan bo’lsa, ushbu ko’zda tutilgan nafaqalar OTMni
tugatganidan keyin to’lanadi. Mazkur nafaqalar miqdori amaldagi eng kam ish
haqi miqdorining 100 baravariga teng hajmda belgilanadi.
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlarning
muvaffaqiyati, bu tizimidagi ta’limning mazmuni va sifati, ko’p jihatdan O’MKHT
kadrlar salohiyatiga, inson omiliga bog’liq. O’MKHT muassasalarida o’quv-
tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish, professional tayyorgarlikni
rag’batlantirish, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’qituvchilari
va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mehnatiga haq to’lashning ularning o’quv
va tarbiya jarayoniga, o’quvchilarda professional ko’nikmalar shakllanishiga
qo’shgan shaxsiy hissasi bilan bevosita o’zaro aloqadorligini ta’minlash, kasb
mahorati va malaka o’sishini rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari
mehnatiga haq to’lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag’batlantirishni
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son
qaroriga muvofiq, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Direktor
jamg’armasi tuzildi va 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran amal qilib kelmoqda. “O’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg’armasi to’g’risidagi
Nizom”
41
bilan ushbu jamg’arma mablag’larini shakllantirish va ulardan
foydalanish tartibi belgilab berildi.
Direktor jamg’armasi barcha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari-
da tashkil etiladi.
Direktor jamg’armasi mablag’lari quyidagi maqsadlarga yo’naltiriladi:
41
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash
to’g’risida”gi 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga 5-ilova.
49
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining faqat yuksak kasb
mahoratiga ega bo’lgan va o’quv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq shaxsiy
hissa qo’shayotgan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy
tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashga;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo’la
mukofotlar to’lash va moddiy yordam ko’rsatishga (alohida hollarda).
Direktor jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbai Respublika
byudjeti va mahalliy byudjetlarda belgilangan tartibda nazarda tutiladigan byudjet
ajratmalari hisoblanadi.
Direktor jamg’armasi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi mehnatga
haq to’lash fondining 15 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda tashkil etiladi
(imkoniyatlari cheklangan va jismoniy rivojlanishida o’ziga xos xususiyatlarga ega
bo’lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlarda esa — 25 foizdan ortiq
emas).
Dostları ilə paylaş: |