36
1)
qonunchilik bo’yicha alohida iqlim sharoitlari uchun hududiy koeffitsientlar
belgilangan joylardagi O’MKHT muassasalari xarajatlar
smetalarida ish haqiga
qo’shimchalar, shuningdek, uzluksiz ishlagani uchun oylik qo’shimcha to’lovlar
xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo’llash
asosida hisoblangan mablag’lar miqdoriga qo’shimcha ravishda o’rnatilgan
tartibda to’lanadi.
2)
O’MKHT muassasasining ayrim byudjet xarajatlari bo’yicha debitor
qarzdorligi mavjud bo’lganda, xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga
tuzatish koeffitsientlarini qo’llash asosida hisoblangan
byudjet xarajatlarining
hajmi mazkur qarzdorlik summasiga kamaytiriladi.
Muassasasining joriy yilning boshiga yuzaga kelgan kreditor qarzdorligi
muassasaning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan, mablag’lar yetishmagan
taqdirda esa xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsi-
entlarini qo’llash asosida aniqlangan byudjet mablag’lari doirasida qoplanadi.
3)
O’MKHT
muassasalari gaz, ko’mir va markazlashgan issiqlik tizimidan
tashqari, boshqa yoqilg’i turlari yordamida isitilgan hollarda yoqilg’i (masalan,
o’tin, mazut, pech yoqilg’isi) sotib olish xarajatlari bazaviy normativlar asosida
hisoblangan muassasa byudjetiga qo’shimcha ravishda,
respublika va mahalliy
byudjetlarning oliy va o’rta maxsus ta’lim va kadrlar malakasini oshirish uchun
ajratiladigan xarajatlari doirasida rejalashtirishga ruxsat etiladi.
4)
xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini
qo’llash asosida hisoblangan O’MKHT muassasalari bo’yicha byudjet
xarajatlarining miqdorlari joriy yil uchun respublika byudjetining o’rta maxsus,
oliy ta’lim va kadrlar malakasini oshirish uchun
ajratiladigan tasdiqlangan
xarajatlari doirasida aniqlanadi.
5)
Moliya organlari tomonidan xarajatlar smetasini tuzish va xarajatlar
miqdorini aniqlashda ayrim O’MKHT muassasalari
xarajatlarning bazaviy
normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo’llash asosida hisoblangan
byudjetiga O’MKHT muassasalarining amaldagi xarajatlari
miqdoridan sezilarli
farq qilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida respublika byudjetining o’rta maxsus,
37
oliy ta’lim va kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan tasdiqlangan
xarajatlar doirasida ajratiladigan mablag’larning 8 foizi miqdorigacha tuzatish
kiritishga ruxsat beriladi. Bunda smetaga ularning byudjetiga tuzatish kiritish
zarurligini asoslovchi tegishli hisob-kitoblar ilova kilinadi.
6)
xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va pedagog
xodimlar tarifikatsiya
ro’yxatini tuzish O’MKHT muassasasi rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri)
tomonidan o’rnatilgan tartibga muvofiq hamda xarajatlarning bazaviy normativlari
va tuzatish koeffitsientlarini qo’llash asosida hisoblangan mablag’lar doirasida
amalga oshiriladi. Bunda mablag’larning quyidagi qat’iy tartibda taqsimlanishi
belgilab qo’yiladi:
ish haqi va yagona ijtimoiy to’lov;
stipendiyalar;
to’liq davlat ta’minotida bo’lgan yetim va ota-ona qarovisiz qolgan
o’quvchilarni moddiy ta’minlash;
kommunal xizmatlar uchun xarajatlar;
qolgan joriy xarajatlar va boshqa xarajatlar.
O’MKHT muassasalari uchun belgilanadigan xarajatlarning bazaviy
normativlari har yili qayta ko’rib chiqiladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi qarorlari, navbatdagi yil uchun bir nafar o’quvchini o’qitish
xarajatlarining bazaviy normativlaridan kelib chiqib o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari xarajatlarini normativ rejalashtirish tartibi to’g’risida
Nizomga muvofiq tasdiqlanadi. 2017-yil uchun mazkur normativlar O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazining 2017-yil 9-mart . 26/14 QQ-son qo’shma
qarori
bilan tasdiqlangan.
O’MKHT muassasasi byudjetining (jon boshiga moliyalashtirish usuli bilan
hisoblangan) umumiy summasi xarajatlarning iqtisodiy tasnifiga ko’ra xarajat
guruhlarini belgilangan tartibda hisoblash asosida xarajat guruhlari bo’yicha
taqsimlanadi.