Pensiya ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

 
(ming so’m) 
№ 
Xarajat guruhlari 
smeta bo’yicha 
reja 
moliyalashti-
rish hajmi 
jamiga 
nisbatan 
ulushi, % 
I. 
Ish 
haqi 
va 
unga 
tenglashtirilgan 
to’lovlar 
2 332 210,0 
2 332 085,7 
72,9 
II. 
Ijtimoiy 
ehtiyojlarga 
ajratmalar 
568 124,0 
568 089,1 
17,8 
IV. Boshqa xarajatlar 
299 621,0 
296 713,4 
9,3 
 
Jami xarajatlar 
3 199 955,0 
3 196 888,2 
100 
 
Jadval ma’lumotlarining tahlili shundan dalolat bermoqdaki, kollej smeta 
xarajatlarining qariyb 72,9 foizini I-guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan 
to’lovlar tashkil qiladi. ShSh-guruh xarajatlari 17,8 foizni, Boshqa xarajatlar esa 
9,3 foizni tashkil qilgan. 
Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilinadi: 
 

O’zbekiston Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va 
farmoyishlari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul 
qilingan qaror va farmoyishlariga;
 

byudjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar 
me’yorlariga;
 

tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va 
tariflariga. Jumladan:
 
36
Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejining hisobot ma’lumotlari asosida muallif tomonidan 
tuzildi. 


41 

xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mablag’lar qonunchilik bilan belgilangan 
maoshlari va ish haqi stavkalari va ularga qo’shimcha to’lovlardan, amaldagi 
namunaviy shtatlar va me’yorlarga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. Ishbay 
usul bilan bajariladigan ishlar uchun ish haqi xarajatlar smetasiga byudjet yiliga 
xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan ish hajmlaridan kelib chiqib kiritiladi;
 

pedagog xodimlar ish haqi uchun mablag’larni ajratishda, qonunchilikda 
belgilangan ish haqi stavkalaridan va o’quv rejasiga muvofiq daftar tekshirish, sinf 
rahbarligi va boshqalar uchun qo’shimcha haq to’lashni hisobga olgan holda 
tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim;
 

mehnatga haq to’lash jamg’armasidan yagona ijtimoiy to’lovni to’lash 
xarajatlari xarajatlar smetasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari-
ga muvofiq belgilangan stavkalarda, qonunchilikka muvofiq yagona ijtimoiy to’lov 
to’lanadigan barcha to’lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
 

ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha 
sug’urta mukofotini to’lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilikda 
belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o’tgan yilgi ish 
haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
 

xo’jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar limitlar 
doirasida kommunal xizmatlar uchun baho va tariflarni hisobga olgan holda 
hisoblanadi;
 

telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent 
raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflaridan kelib chiqib 
hisoblanadi. Bunda, limitdan oshiq foydalanilgan shaharlararo (davlatlararo) 
so’zlashuvlar uchun aloqa xizmatlari, internet bo’yicha xizmatlar va boshqa aloqa 
xizmatlari xarajatlari byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida tegishli moliya 
organlari bilan kelishilgan holda o’zlarining faoliyat xususiyatlaridan va ushbu 
xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib ko’zda tutiladi;
 

tashkilotlarning binolar, inshootlar va transport vositalaridan foydalanish
binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa davlat mulklari ijarasi bilan 


42 
bog’liq xarajatlari belgilangan limitlar va natural ko’rsatkichlardan kelib chiqib 
aniqlanadi;
 

xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo’yilgan 
vazifalaridan, shuningdek qonunchilikda belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi.
 
Kollejning xarajatlar smetasida IV-guruh – “Boshqa xarajatlar”ning 
yoyilmasi ko’rsatiladi. 2017-yil bo’yicha bu xarajatlar tarkibida qanday xarajatlar 
amalga oshirilganligini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin (10-jadval): 
10-jadval 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin