50
3-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHARO-
ITIDA O’RTA MAXSUS TA’LIM MUASSASALARI
XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYA-
LASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
3.1.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida o’rta
maxsus ta’lim muassasalari faoliyatining tashkiliy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish
Biz yuqoridagi boblarda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim
muassasalarining byudjet mablag’laridan foydalanish nazariyasi va amaliyotini
ko’rib chiqdik. Bu ishni biz 2-bobda O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus kasb-
hunar ta’limi muassasalari misolida yanada batafsilroq yoritishga harakat qildik.
Ushbu III-bobning oldiga qo’yilgan maqsad esa O’zbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirishning
2017-2021-yillarga
mo’ljallangan
Harakatlar
strategiyasini amalga oshirish sharoitida o’rta maxsus ta’lim muassasalari
faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yo’llarini tadqiq
qilishdan iborat.
Zamonaviy sharoitda mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq
uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash,
ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida
e’tibor qaratilmoqda.
O’tgan yillarda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, ta’lim
jarayonini
modernizatsiyalash va mazmunini yangilashni ta’minlash maqsadida uning
huquqiy bazasini mustahkamlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro va respublika olimpiadalari hamda
tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlarida ularni manzilli qo’llab-quvvatlash
bo’yicha qator tizimli chora-tadbirlar ko’rildi.
51
Shu bilan birga, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob
bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko’rsatdi
42
:
birinchidan, kasb-hunar kollejlari aholi yashash joylariga yaqin bo’lmagan
masofada joylashtirilganligi, ayniqsa, hududlarda transport
infratuzilmasi yetarli
darajada rivojlanmaganligi hamda ob-havo sharoitlari tufayli o’quvchilarning
vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda dars mashg’ulotlarini qoldirishlariga sabab
bo’lmoqda;
ikkinchidan,
kasb-hunar
kollejlarining
moddiy-texnika
bazasini
shakllantirishning mavjud amaliyoti kasb-hunar kollejlari ta’lim yo’nalishlariga
javob bermaydigan o’quv ustaxonalari tashkil etilishiga, butlovchi va ehtiyot
qismlar bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib keldi. Kasb-hunar kollejlari
moddiy-texnik jihozlanishining o’rtacha darajasi bugungi kunda atigi 56 foizni
tashkil etadi, 31 ta kasb-hunar kollejida o’quv ustaxonalari umuman mavjud
emas
43
;
uchinchidan, etarli darajada moliyalashtirilmaganligi natijasida kasb-hunar
ta’limi tizimi uchun zarur bo’lgan ko’plab darsliklar va o’quv qo’llanmalari nashr
etilmadi, darsliklarning 50 foizi rus va qoraqalpoq
tillariga tarjima qilinmagan,
amaldagi darsliklar biror marta yangilanmagan;
to’rtinchidan, kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi hududlardagi
iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolganligi, shuningdek, kasb-
hunar kollejlari uchun belgilangan qabul kvotalarida mehnat bozori kon’yunkturasi
va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari hisobga olinmasligi
bitiruvchilarni ishga joylashtirishda qiyinchilik tug’dirmoqda;
42
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta
maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PF-5313-son Farmoni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018 y.,
06/18/5313/0618-son).
43
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta
maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PF-5313-son Farmonning 5-xatboshi (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018
y., 06/18/5313/0618-son).
52
beshinchidan, kasb-hunar kollejlaridagi mavjud o’quv
jarayonini tashkil
etishning hozirgi holati, qo’llanilayotgan o’quv-normativ hujjatlar hamda o’qitish
muddatlari kasblarning murakkablik darajasiga javob bermaydi, ishlab chiqarish
amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinayotgan bilim darajasi tushib
ketishiga va tegishli ravishda qator ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bitiruvchilarga
bo’lgan ehtiyojning pasayishiga olib keladi va natijada o’qishni tamomlagandan
keyin ish joylarida ularni qo’shimcha o’qitish zaruratini keltirib chiqarmoqda;
oltinchidan, aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta’lim olish” printsipi
bo’yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi
aksariyat katta
yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida
keraksiz bo’lib qolishiga olib kelmoqda;
ettinchidan, kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonini tashkil etishga va
o’quvchilarni intellektual, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish,
ularning bo’sh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi o’quvchilar
tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar soni ortishiga, ularning
o’qishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab bo’lmoqda.
Yuqoridagi holatlarning chuqur tanqidiy tahlili natijasida 2017-2018-o’quv
yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o’rta ta’lim tizimiga o’tildi va bu qaror
keng jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng ko’llab-
quvvatlandi.
Ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o’rta, o’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish,
malakali kadrlar tayyorlash
uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini
ta’minlash,
shuningdek,
2017-2021-yillarda
O’zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini
amalga oshirish maqsadida 2018-2019-o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy
o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan,
ixtisoslashtirilgan
maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-
internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda
akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladigan bo’ldi.