Pensiya ishi


-rasm. Majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limni amalga



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

5-rasm. Majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limni amalga 
oshiruvchi muassasalarning guruhlanishi
44
 
2019-2020-o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul 
qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik 
asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 6 oydan 2 yilgacha 
bo’lgan o’qitish muddatlarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimining muhim vazifalari 
sifatida quyidagilar belgilab qo’yildi: 

iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy 
texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo’lgan va 
turdosh 
mutaxassisliklar 
bo’yicha 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega 
bo’lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlash; 

kadrlarga bo’lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini 
hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar 
44
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus 
va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-
son Farmonning 1-bandi asosida muallif tomonidan tuzildi (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 25.01.2018 y., 06/18/5313/0618-son).
 
Majburiy umumiy o’rta va o’rta 
maxsus ta’lim
 
uzluksiz va 11 yillik muddatda
umumta’lim 
maktab-
larida
ixtisoslashti-
rilgan 
maktablarda
ixtisoslashti
rilgan 
san’at va 
madaniyat 
maktab-in-
ternatlarda
ixtisoslashti
rilgan 
olimpiya 
zaxiralari 
maktab-in-
ternatlarida


54 
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 

yoshlarni har tomonlama barkamol qilib, vatanparvarlik va milliy 
mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga, shuningdek, o’quvchilarda 
boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosimizga, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga asoslangan ma’naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga 
yo’naltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida 
tashkil etish; 

yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan har tomonlama 
hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o’quv loyihalarini birgalikda 
amalga oshirish uchun kasb-hunar ta’limi sohasiga yuqori malakali xorijiy 
mutaxassislarni jalb etish; 

kasb-hunar ta’limi milliy standartlari talablarini xalqaro ta’lim standartlari 
tasniflagichiga, xalqaro malaka talablariga muvofiqlashtirish, milliy malaka 
talablarini bosqichma-bosqich xalqaro analoglarga moslashtirish va e’tirof 
etilishiga qaratilgan ishlarni tashkil etish; 

kasbga o’rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta’lim olishni 
birgalikda olib boradigan, shuningdek, nodavlat ta’lim sektorini uzluksiz davlat 
ta’lim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta’lim jarayonini 
tashkil etish bo’yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish va kelgusida 
amaliyotga joriy etish; 

mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o’stirish hamda 
modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo’lgan kadrlarni 
tayyorlash maqsadida o’quv jarayoniga innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va 
ishlanmalarni faol qo’llab kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarishning o’zaro yaqin 
hamkorligini ta’minlash; 

yuqori samarali o’quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va 
innovatsion texnologiyalarga asoslangan parklar bilan jihozlangan kasb-hunar 


55 
kollejlarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish va yanada 
mustahkamlash, undan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 
Yuqorida nomi keltirilgan qaror bilan quyidagilar belgilab qo’yildi: 

kasb-hunar kollejlari aksariyat hollarda vazirliklar, idoralar, xo’jalik 
birlashmalari, tijorat banklari hamda yirik korxonalar — tarmoq bo’ysunuvi 
bo’yicha kadrlarga buyurtmachilar tarkibida faoliyat yuritadi; 

kasb-hunar kollejlarining beriladigan binolari, inshootlari, jihozlari, mebel 
va inventari qiymati qo’shilgan qiymat solig’i va daromad solig’ini hisoblab 
chiqishda soliq solish obyekti hisoblanmaydi; 

2017-2018-o’quv yiligacha kasb-hunar kollejlariga qabul qilingan 
o’quvchilar o’qishni to’liq tugatguniga kadar ushbu kasb-hunar kollejlarining 
xarajatlari O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan 
ta’minlanadi; 

vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik 
korxonalarning tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarini saqlash, kadrlarni o’qitish, 
malakasini oshirish va qayta tayyorlashga maqsadli tarzda yo’naltirilgan 
mablag’lari barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamg’armalariga 
majburiy ajratmalardan ozod etiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin