62
turdosh
mutaxassisliklar
bo’yicha
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega
bo’lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlashni
yo’lga qo’yish lozim.
Kadrlarga bo’lgan
real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini
hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha kasb-hunar
kollejlari faoliyatini
muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq.
Kasbga o’rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta’lim olishni
birgalikda olib boradigan,
shuningdek, nodavlat ta’lim sektorini uzluksiz davlat
ta’lim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta’lim
jarayonini
tashkil etish bo’yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish va kelgusida
amaliyotga joriy etish zarur.
Kasb-hunar kollejlari aksariyat hollarda vazirliklar,
idoralar, xo’jalik
birlashmalari, tijorat banklari hamda yirik korxonalar – tarmoq bo’ysunuvi
bo’yicha kadrlarga buyurtmachilar tarkibida faoliyat yuritadi.
Kasb-hunar kollejlarining beriladigan binolari, inshootlari,
jihozlari, mebel
va inventari qiymati qo’shilgan qiymat solig’i va daromad solig’ini hisoblab
chiqishda soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik
korxonalarning tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarini saqlash, kadrlarni o’qitish,
malakasini oshirish va qayta tayyorlashga maqsadli tarzda yo’naltirilgan
mablag’lari barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamg’armalariga
majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
Dostları ilə paylaş: