Mamlakatlarda milliy pensiya tizimlarining o’ziga xos shakllanish tarixi, yaqin va uzoq tarixdagi taraqqiyot bosqichlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bugungi globallashuv sharoitida rivojlanish tendentsiyalari mavjud. Shuningdek, turli davlatlar pensiya tizimlari bir-biridan o’ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Bu o’ziga xosliklar pensiyalarni tayinlash, hisoblash va to’lash tartiblarining turlichaligi, pensiyaga sarflanadigan mablag’larni moliyalashtirish manbalari tarkibi va tuzilishining har xilligi, pensiya munosabatlarini davlat tomonidan
25 Mamatov B.S. Pensiya jamg‘armasi faoliyati. O‘quv qo‘llanma. - T.: “Barkamol fayz media”, 2017. - 280 b.
Sug’urtalangan aholi ulushini hamda sug’urtaga tortilgan mehnat haqi daromadlari darajasini ko’rsatadigan ko’rsatkich (1 ga teng bo’lishi kerak)
Bosim koeffitsienti
Pensiya ta’minoti tizimiga sug’urta badali to’lovchilar sonining pensiya oluvchilarga o’zaro nisbati (4/1)
Qoplash koeffitsienti
Pensionerning pensiyasi miqdorining mehnat qilgan davrida olgan ish haqining nisbati tarzida aniqlanadi (0,4)
Qamrov koeffitsienti (K1) sug’urtalangan aholi ulushini hamda sug’urtaga tortilgan mehnat haqi daromadlari darajasini ko’rsatadigan ko’rsatkich bo’lib, pensiya tizimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoyaning samaradorligini belgilash imkonini beradi. Bu ko’rsatkichni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: