Pensiya ta’minotining mohiyati va ahamiyati Reja



Yüklə 167,33 Kb.
səhifə1/10
tarix22.10.2022
ölçüsü167,33 Kb.
#65825
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pensiya ta’minotining mohiyati va ahamiyati



Pensiya ta’minotining mohiyati va ahamiyati
Reja:

  1. Pensiya ta’minotining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, zarurligi va vazifalari

  2. Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda pensiya ta’minotining

  3. o„rni

  4. Pensiya ta’minoti holatini baholovchi ko’rsatkichlar

  5. Mamlakatdagi demografik vaziyat va uning pensiya ta’minotiga

  6. ta’siri

  1. Pensiya ta’minotining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, zarurligi va vazifalari

Ma’lumki, pensiya ta’minoti tizimi jahondagi barcha davlatlarda aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining markaziy bo’g’ini hisoblanadi. XX asr oxiri - XXI asr boshlarida dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida yuz berayotgan demografik o’zgarishlar va iqtisodiyotni global miqyosda qamrab olgan moliyaviy inqirozlar tufayli pensiya ta’minoti tizimining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o’rni yanada oshib bormoqda.

  1. asrning 60-70-yillaridan boshlab avval Yevropa mamlakatlarida, keyinchalik dunyoning barcha mintaqalarida kuzatilgan aholi tug’ilish koeffitsientining davomiy pasayib borishi aholining o’sish sur’atlarining sekinlashuviga, ayrim hollarda esa mutloq kamayish tendentsiyalarining vujudga kelishiga sababchi bo’ldi. Tug’ilishning kamayishi Yer sharining barcha mintaqalarini qamrab olgan, ortga qaytmas jarayonga aylandi. Endilikda jahondagi odatda ko’p bolali mintaqalar hisoblanmish arab mamlakatlari yoki Xitoyda aholi o’sish sur’atlarining kamayishi kuzatilmoqda. Masalan, Xitoyda oxirgi o’n yillar davomida olib borilgan “Bir oila - bir farzand” siyosati natijasida 2016-yilga kelib aholining yillik o’sish sur’ati 1,2 foizga teng bo’ldi va ushbu ko’rsatkich bo’yicha u dunyo mamlakatlari ichida 153-o’rinni egalladi. Bu kabi o’zgarishlar

insoniyatning global miqyosda qarib borish jarayoni boshlanganligidan va bu
00
jarayon hali uzoq vaqt davom etishidan darak beradi .
Odatda mamlakatlarning rivojlanish darajasini baholashda mamlakat YaIMining hajmi va o’sish sur’atlari ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Ammo davlat shunchaki yalpi ichki mahsulotni ko’paytirishga intilib qolmasdan, o’z fuqarolarining turmush sifatini oshirish choralarini ko’rishi kerak. Turmush sifatini oshirish aholi aksariyat qismi manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan davlatning strategik maqsadidir.
Ma’lumki, 2000-yilning sentyabrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasi e’lon qilindi. 189 mamlakat tomonidan qabul qilingan ushbu Deklaratsiyada davlatlar o’z zimmasiga qashshoqlikka barham berish uchun yangi global sheriklikni yo’lga qo’yish majburiyatini oldilar.


20 Abdullayev Z.A. Xorijiy davlatlarda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish muammolari. “Pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. - T.:Universitet. 2014.


50




Shuningdek, 2016-yilga borib erishilishi kerak bo’lgan boshqa maqsadlar ham belgilandi. Ular Mingyillik rivojlanish maqsadlari nomini oldi.
O’zbekiston Respublikasida aholi sonining o’zgarish darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi (3.1-rasm):






Yüklə 167,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin