Personalni strategik boshqarish


Davlat ta’lim standartlari



Yüklə 230,72 Kb.
səhifə26/37
tarix07.06.2023
ölçüsü230,72 Kb.
#126376
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Personalni strategik boshqarish

Davlat ta’lim standartlari. Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.


Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
TA’LIM TIZIMI VA TURLARI
9-modda. Ta’lim tizimi 10-modda. Ta’lim turlari
11-modda. Maktabgacha ta’lim 12-modda. Umumiy o‘rta ta’lim
13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 14-modda. Oliy ta’lim
15- modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
16- modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 17-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
18-modda. Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish 19-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar
Ta’lim tizimi
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;
ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Ta’lim turlari
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy
ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim
Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha: boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar).

Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi.


Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.
Oliy ta’lim
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan,
o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan

keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.


Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” risolasida davlatimizning mutaxassislar tayyorlashga bo‘lgan munosabati yorqin ifodasini topgan: “Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatini tushunib yetish boshlanadi. Bizning davlatimiz mutaxassislar tayyorlashning ilg‘or jahon tajribasini keng jalb etadi, va, eng avvalo, bevosita O‘zbekistonning o‘zida yuqori sifatli ta’lim uchun sharoitlar yaratadi”.
Maktabgacha tarbiya muassasalari ta’lim tizimidagi eng birinchi muhim bo’g’in bo’lib, aynan shu muassasalarda uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi amalga oshiriladi. Ushbu muassasalarning asosiy vazifalari “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonunining 11-moddasida belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra, bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi

va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.


Bizning davlatimizda maktabgacha tarbiya muassasalarining quyidagi turlari mavjud: bolalar bog’chalari, yasli-bog’chalar, bolalar yaslilari va og’ir kasal bolalar uchun sanatoriya tipidagi bolalar bog’chalari. Ushbu muassasalar moliyalashtirish yo’nalishlari bo’yicha quyidagicha tasniflanadi:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq O‘zbeksitonning ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini masalasini rivojlangan mamlakatlar darajasida hal etishga qodir, yuksak darajada ma’naviy, madaniy va axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash oliy ta’lim tizimining vazifasi hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
davlat ta’lim standartlariga muvofiq zamonaviy ta’lim-kasb dasturlari asosida sifatli o‘qituvni ta’minlash va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;
- yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni, jumladan xorijiy ilmiy markazlarda, tayyorlash;
- mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqboli, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya, iqtisod va madaniyat zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlashning tashkil etilishi va usulini muntazam takomillashtirish;
- ta’limni individuallashtirish, masofadan o‘qitishning yangi pedagogik va informatsion texnologiyalari, vositalarini joriy etish;
- mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, Vatanga, oilaga va atrof muhitga muhabbat ruhida, milliy uyg‘onish mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlarni chuqur his etish asosida oliy ta’limnnig gumanitar yo‘nalishini, yoshlar tarbiyasini ta’minlash;
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali uyg‘unlanuvchi usullarini amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorida, raqobat muhitini yuzaga keltirish;
- oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish va mustaqilligini kengaytirish.
Oliy ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:
- davlatga qarashli va davlatga aloqadorsiz oliy ta’lim muassasalari, bular davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim-kasb dasturini amalga oshiradi;
- ilmiy-pedagogik muassasalar, bular oliy ta’limni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini olib boradi;
- ta’limni boshqaruvchi davlat idoralari, shuningdek, ular tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.

1993 yildan respublikaning barcha oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari orqali abiturientlar qabul etilmoqda. Talabalar oliy o‘quv yurtlarida ikki bosqichli ta’lim asosida bakalavr va magistr darajalarini egallashlari mumkin.



Yüklə 230,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin