Personalni strategik boshqarish


Abonementli xizmat ko‘rsatish



Yüklə 230,72 Kb.
səhifə36/37
tarix07.06.2023
ölçüsü230,72 Kb.
#126376
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Personalni strategik boshqarish

Abonementli xizmat ko‘rsatish ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga ko‘ra doimiy ravishda unchalik katta bo‘lmagan to‘lovlar o‘tkazib turilganda, iste’molchiga tezkor xizmat olish, rejali profilaktik protseduralarni o‘tkazish huquqi beriladi. Bunday xizmat ko‘rsatish shakli maishiy texnikani ta’mirlashda, hammom – yuvish korxonalari, sartaroshxona va boshqa xizmatlarida keng foydalaniladi.
Kontaktsiz xizmat ko‘rsatish quyidagi operatsiyalarni taqozo qiladi: servis korxonasi uy yoki yotoqxonalar pod’ezdlarida konteyner-to‘plagichlar o‘rnatadi. Buyurtmachilar konteynerga to‘ldirilgan kvitansiya bilan birgalikda yuvish uchun mo‘ljallangan choyshablarni yoki kimyoviy tozalash uchun kiyimlarni joylashtirishadi. Toza choyshablar yoki kiyimlar kelishilgan vaqtda buyurtmachini uyiga olib kelinadi va xizmat haqi olinadi.

Uyda xizmat ko‘rsatish katta o‘lchamli texnikani (kir yuvish mashinalari, televizorlar, sovutgichlar, katta mebel va boshqalar) ta’mirlashda foydalaniladi. Ma’lum manzil bo‘yicha ovqatlanish korxonalarini (restoran, kafe) buyurtma berilgan taomlari ham keltirilishi mumkin. Bunday xizmat iste’molchi buyurtma berganidan keyin oldindan kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. Haq xizmat ko‘rsatilgandan keyin olinadi.
Buyurtmalarni mijozlarni ish joyida qabul qilish shundan iboratki, bunda maishiy xizmat ko‘rsatish firmasi u yoki bu korxonada ba’zi xizmat turlariga (kimyoviy tozalash, kir yuvish, maishiy asboblarni, poyafzalni ta’mirlash va boshqalar) buyurtmalar qabul qilishni tashkil qiladi. SHu erni o‘zida ta’mirlangan va toza mollar keltiriladi.
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish iste’molchilarga o‘zlarini ba’zi maishiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z kuchlari bilan qondrish imkonini beradi. Kimyoviy tozalash fabrikalarida, kir yuvish korxonalarida unchalik katta bo‘lmagan to‘lov evaziga mijozlarga mustaqil kir yuvish yoki narsalarni tozalash uchun texnik jihozlar foydalanishga beriladi, mehmonxonalarda yashovchilar uchun o‘zlari choy yoki qahva tayyorlashlariga imkoniyat beriladi.

Yüklə 230,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin