Strategiya- tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda foydalaniladigan tashkiliy xatti-harakatlar va boshqaruvga oidashuvlari tarzidir,
Biznes sohasini .tanlash, maqsadni belgilash, qisqa va uzoq muddatli vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani tashkil qiladi. Kompaniya strategiyasining asosiy tarkibiy qismlari 2-chizmada keltirilgan.
Kompaniya strategiyasini belgilovchi harakatlar va yondashuvlar tarzi.
Strategiyada sifat o’zgarishlariga intilish.
Asosiy strategiyani aniq tuzishga intilish
Kompaniyaning o’ziga xos
Qisqa muddatli foydaga erishish
Boshqarishning funktsional sohalaridagi echimlar
Diversifikatsiyaga
Tarmoqlardagi sharoitni o’zgartirish harakatlari
Uzoq muddatli raqobat mavqeini kuchaytirish harakatlari
muammolarini echish harakatlari va ichki strategik omillar.
Yangi imkoniyalarni mustahkamlash harakatlari. (ITTKI, yangi bozorlar sotib olish va boshqalar)
2-chizma. Kompaniya strategiyasining asosiy tarkibiy qismlari. 1.2.Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash.
Maqsadni aniqlash strategik ko’rish va kompaniyaning rivojlanish yo’nalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi. Maqsad firma boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir. Firmaning uzok, muddatli rejalari anik, o’lchanadigan aniq vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va firmaning kelajak niyatlari fakat chiroyli so’zlardan iborat bo’lib qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning hal qiluvchi daqiqasidir. Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aktsionerlarining manfaatlariga qanday qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik firmaning biznesini, asosin maqsadlarini, tavsifnomalarini va uning etakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.
Korporativ maqsadga yo’nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:
- firmaning biznesini aniqlash;
- uning asosiy maqsadlarini belgilash;
- korporativ falsafani aniqlash;