3.Strategik boshqarishning maqsadi va uning turlari.
Maqsad va vazifalarni aniqlash uchta kichik jarayonlardan iborat. Birinchi kichik jarayon firmaning vazifasini aniqlashdan iborat. Bu vazifa firmaning faoliyat yuritishini mazmunini ifodalaydi va bu tashkilotda ishlovchi odamlarga ularning joriy hatti-harkatlariga istiqbol nuqtai nazaridan ma’lum ma’no, mazmun berish imkoniyatiga ega.
Tashkilot faoliyatiga manfaatlari ta’sir etuvchi odamlar guruhi (demakki, firma vazifalari aniqlanishida hisobga olinishi lozim manfaatlar egalari) bo’lib tashkilot egalari (ta’sischilari) xodimlari, tashkilot mahsulotlarini sotib oluvchilar, firmaning hamkorlari, mahalliy jamoat va butun jamiyat hisoblanadi. Vazifada har bir sub’ekt manfaatlarining namoyon bo’lish darajasi bevosita tashkilot katta-kichikligiga, qaysi biznes turi bilan shug’ullanishiga, qaerda joylashganligiga va h.klarga bog’likdir.
Keyin uzoq muddatli maqsadlarni aniqlash kichik jarayoni boshlanadi. Strategik boshqaruvning ushbu qismi qisqa muddatli maqsadlarni aniqlash bilan tugallanadi. Firma maqsad va vazifalarini aniqlash firma nima uchun faoliyat yuritayotganligi va
nimaga erishmoqchiligi aniqlanishiga olib keladi. Buni bilib esa qzini tutish strategiyasini to’g’ri tanlash mumkin.
Vazifa o’zida nimani va qanday muddatlarda tashkilot qilishi lozimligi hakida aniq ko’rsatmalarni mujassamlantirmasligi lozim. U tashkilot harakatining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi.
Evropa, va ayniqsa, Amerika korxona va tashkilotlari potentsial xaridorlar hamda o’ziga nisabatan jamiyatning yaxshi munosabatini mustaxkamlash uchun o’zaro raqobatlashish jarayonida maksimal darajada shaffof bo’lishga harakat qiladilar.
Vazifani shakllantitrish korxonaning xaqiqiy maqsadlari xaqida o’ylantirishini amaliyot ko’rsatmoqda, shuning uchun bu dastak eng avvalo, rahbarlarni qiziqtirish lozim. Vazifa shunday shakllantirishi lozimki, uni tashqi muhitda sifat va ishonchlilik jihatidan boshqalardan ajratib turuvchi tashkilotning joriy yutuqlarini aks ettirsin va kelajakdagi intilishlarini ifoda etsin. Bunda vazifa strategik muljallarni aniqlaydi va taktik yo’nalishlarni kqrsatadi, ular, o’z navbatida, tashkilot ichki muhiti uchun o’ziga xos vazifa bo’ladi.
Kompaniya vazifasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Kompaniya vazifasi=tasavvur+kredo. «Tasavvur» atrofdagilar tasavvurida kompaniya qiyofasini shakllantirishga yo’naltirilgan. Uning asosini kompaniyaning bozordagi obrqsi (joriy yutuqlar) va kompaniya qziga tashqi muhitda ta’minlanmoqchi bo’lgan imidj (kelajakdagi intilish) tashkil etadi. Tasavvurning asosiy mazmuni «Bu qanday tashkilot»? savoliga javobdan iborat. Bu erda, odatda, kompaniya faoliyatining sohasi, asosiy tovar va xizmatlari, iste’molchi guruhlar, faoliyatning geografik joylashuvi kabi tushunchalar beriladi. «Kredo», o’z navbatida, kompaniyaga ichki butunlikni beradi va xodimlarda umumkorporativ maqsadlarga erishish qiziqishini oshirishga mo’ljallangan. U kompaniyaning dunyoqarashini (strategik mqljallar) va asosiy qarash, nuqtai nazarini (taktik yqnalishlar) ifodalaydi. Kredo «Tashkilot nimaga intilmoqda»? savoliga javob beradi. Bu erda asosiy e’tibor falsafa, boyliklar tizimi, ichki madaniyat, raqobatbardoshlik asosiga qaratiladi.
Yuqorilardan kelib chiqqan holda korxona yoki tashkilot vazifasining asosini tashkil etishi lozim bo’lgan asosiy unsurlarni ajratish mumkin. Bular:
nom va status; tovar yoki xizmat; strategik mqljal;
manfaatdor guruhlar; raqobatbardoshlik asosi.
Vazifa unsurlarining ketma-ketligi va mazmuni, shuningdek vazifa shakli, ancha o’zgarishi mumkin va ko’p omillarga bog’lik. Har qanday holatda ham vazifa ifodasi korxona tarixi, obro’si va imidji bilan muvozanatda bqlishi lozim. Bunda iste’molchilarga o’z «va’dalar»ini aytish oldin, iqtisodiy sub’ekt ularni bajarish
uchun o’z kuchi va resurslarining etarliligini baholashi kerak. Maq-sadlar eng kamida realistik va erishiladigan bo’lishi lozim.
Rejalashtirishning zamonaviy nazariyasida har bir korxona o’zining asosiy maqsadlarini aniqlaydigan faoliyatning sakkizta asosiy soha ajratiladi. Bular- korxonaning bozor o’rni, innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish darajasi, ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi, barqarorlik darajasi, boshqarish tizimi, personal malakasi va ijtimoiy javobgarlik. Ushbu sohalar doirasida foyda-lilik, moliyaviy barqarorlik, bozor ulushining o’sishi, ilmiy tekshiruvlar, resurs ta’minoti, diversifikatsiya, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot va xizmatlar sifati, menejment tizimining rivojlanishi, xalqaro kompaniyaga aylanishi va h.klar kabi asosiy maqsadlar ajratiladi.
U yoki bu korxona ko’zlagan maqsadlar individual xarakterga ega va qaysi tarmoqqa tegishliligi, korxona turi, bozordagi pozitsiya, mos etkazib beruvchilar, xom ashyo manbalari va h.klar singari omillarga bog’liqdir. Shu bilan birga maqsadlarni shakllantirishning ba’zi umumlashtiruvchi tamoyillar xaqida gapirish imkonini beruvchi qator tashqi makroiqtisodiy omillarni ajratish mumkin. Hozirgi korxonalar oldida tekshiruvlar va ilmiy yangiliklarni tadbiq qilish sohasidaga maqsadlar turibdi. Biznes globalizatsiyasi korxonalarni milliy va xalqaro manfaatlarni hisobga olishga majbur qilayapti.
Vazifa va maqsadlar aniqlanganidan so’ng strategiyani tanlash va tahlil qilish bosqichi boshlanadi, ya’ni strategik boshqaruvning o’zagi.
Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga oshirishini baholash hamda nazorat qilish.
Strategiyani amalga oshirish jiddiy jarayon hisoblanadi, chunki aynan u muvaffaqiyatli bajarish holatida firmani qo’yilgan maqsadlarga erishishi uchun imkoniyat yaratadi. Ko’p holatlarda firmalar o’zi tanlagan strategiyani amalga oshira olmaydilar. Bu yoki noto’g’ri tahlil o’tkazilishi va notqg’ri xulosalar qilinishi natijasida vujudga keladi, yoki tashqi muhitda ko’zda tutilgan o’zgarishlar sodir bqlishi natijasida vujudga keladi. Biroq strategiya bajarilmasligining asosiy sababi boshqaruvni firma potentsialini strategiyani realizatsiya qilishga etarli darajada jalb qila olmasligidandir.
Ushbu bosqich qqyilgan maqsadlarga qaysi eng samarali usul bilan erishish mumkin va buning uchun nima qilish zarur degan savolga javob berish imkonini beradi. Bitta maqsadga turli usullar bilan erishish mumkin bqlganligi uchun strategiyani tanlash bosqichini kqzlangan manzilga etib borishning marshruti va harakat vositasini tanlash kabi belgilash mumkin. Buning uchun iqtisodiy nazariyada strategiyalar xaritasi (tizimi) va strategik harakatning mexanizm (modellari) rqyxati mavjud.
Strategiyalar tizimi strategik qarorlarni qabul qilishning uch darajasi, bosqichini qz ichiga oladi:
1) umumiy yoki korporativ. Korporativ strategiya korxona umumiy rivojlanishining yqnalishini kqrsatadi. Bu bosqichda sub’ekt iqtisodiy faoliyatining shakl va turlari majmuasi xaqida qaror qabul qilinadi. Bu erda qushilish, sotib olish yoki biznesning biron turidan chiqish xaqidagi savollar, masalalar hal qilinadi.
2) ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda ifodalanadi) tanlangan (korporativ bosqichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni raqobat pozitsiyasini yaxshilashga yqnaltiriladi. Bu erda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bqyicha istiqbollar kqrib chiqiladi va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish masalalari kqrib chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab chiqarish, baho reklama, sotish va shu kabi siyosatlar aniqlashtiriladi.
3) Funktsional. Funktsional strategiyalar bqlim va xizmatlar harakatlarini korxonaning ishlab chiqarish bqlinmalari darajasida aniqlashtiradi. Ishlab chiqarish, marketing, moliya va personal koporativ va ishbilarmon strategiyalarga erishishning qz usulini rejalashtiradilar. Misol uchun, ishlab chiqarish sohasidagi funktsional strategiya yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarmaslik, xom ashyo yqqotishlarini kamaytirish va boshqalardan iborat bqlishi mumkin.
Strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichida bajariluvchi chora-tadbirlarni umumlashtirgan holda sxematik tarzda kqrsatish va korxona strategiyasini
«realizatsiya qilish» uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida olinishi lozim bqlgan natijalarni ajratish mumkin.
Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash
Chizmadan ko’rinib turibdiki, strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichi strategik harkatni ishlab chiqish jarayonida markaziy bug’in hisoblanadi. Bu erda korxona rivojlanishining istiqbolli yo’nalishlariga mablag’larni qqyishi bqyicha muhim strategik qarorlar qabul qilinadi va investitsiyalar kamay-tiriluvchi biznes- sohalar ajratiladi.
Strategiyalar amalga oshirilishini baholash va nazorat qilish strategik boshqaruvda bajariluvchi mantiqiy oxirgi jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayon tashkilot maqsadlari qrtasidagi barqaror teskari aloqani ta’minlaydi. Nazoratning asosiy vazifalari bqlib quyidagilar hisoblanadi:
nimani va qanday kqrsatkichlar bqyicha tekshirishni aniqlash;
qabul qilingan standartlar, me’yorlar yoki boshqa kqrsatkichlarga muvofiq nazorat qilinuvchi ob’ekt holatini baholashni amalga oshirish;
o’tkazilgan baholash natijasida aniqlangan chetga chiqishlar sabablarini aniqlash; agar zarur va mumkin bqlsa tuzatishni amalga oshirish.
Starategik nazorat strategiyani amalga oshirish qay darajada firma maqsadlariga
erishishga olib kelishishni aniqlashga yqnaltirilgan. Bu strategik nazoratni boshqaruv yoki operativ nazoratdan ajratib turadi, chunki uni strategik rejani bajarish strategiyani amalga oshirish yoki alohida ishlar, funktsiyalar va operatsiyalarni bajarishning tug’riligi qiziqtirmaydi. Strategik nazorat kelgusida qabul qilingan strategiyalarni realizatsiya qilish mumkinligiga va ularning amalga oshirilish qo’yilgan maqsadlarga erishilishiga olib kelishiga qaratiladi. Strategik nazorat natijalari bqyicha tuzatishlar ham strategiyalar, ham maqsadlarga tegishli bqlishi mumkin.
Nazoratning asosiy maqsadlari qarorlar qabul qilish va bajarishning birligini ta’minlanishdan, mumkin bqlgan xatolarni oldindan kqra olish va oldini olishdan, belgilangan yqnalishdan chetga chiqishlarni qz vaqtida aniqlashdan, belgilangan muddatlarda qqyilgan maqsadlarga samarali erishishdan va h.k.lardan iborat. Nazoratning asosiy maqsadi esa qarorlarni qabul qilish tizimini yaxshilash imkonini beruvchi ichki zaxiralarni aniqlash va korxonani boshqarish samaradorligini oshirish yqllarini izlashdir.
Adabiyotda nazoratning dastlabki, yqnaltirilgan va natijaviy asosiy usullari ajratiladi. Dastlabki, nazoratning asosiy maqsadi strategiya va maqsadlarni shakllantirishning tqg’riligini belgilashdan iborat. Strategik boshqaruv kontseptsiyasiga muvofiq dastlabki nazorat bosqichidan keyin kutilmagan qzgarishlarni hisobga olgan holda strategiyani amalga oshirishni boshqarish boshlanadi. Bu erda yqnaltiruvchi nazorat usulidan foydalaniladi. Strategiya bajarildi deb hisoblanganda olingan natijalar bqyicha natijaviy nazorat amalga oshiriladi. Nazoratning bu turi qqyilgan maqsad va vazifalarga erishish samaradorligini baholash va tahlil qilishga yqnaltirilgan. Ushbu tahlil natijalariga bog’lik holda strategik boshqaruv jarayoni yoki strategiyaga tuzatishlarni kiritish uchun
«vazifalarni qqyish» bosqichiga qaytadi, yoki yangi strategik harakatni ishlab chiqish uchun rivojlanishning keyingi darajasiga utadi.
Shu bilan strategik harakatni ishlab chiqish jarayoni tugadi deb hisoblash mumkin keyin ishlab chiqilgan strategiyani bajarish bosqichi keladi. bu borada G.Mintsberg
«ongli» (rejalashtirilgan) va «vujudga keluvchi» (amalga oshiriluvchi) strategiyalarni ajratadi (5-rasm).
5-Rasm. Ongli va vujudga keluvchi strategiyalar (G.Mintsberg buyicha).
G.Mintsberg g’oyasi shundan iboratki, rejalashtirilgan strategiyaning bir qismini har doim amalga oshirish imkoni bqlmaydi. Amalga oshirilganning katta qismi, odatda, boshida rejalashtirilgan strategiyaga kirmagan, shu sabali uni vujudga keluvchi strategiya deb nomlagan. Oxir-oqibatda amalga oshirilgan strategiya ongli strategiyaga kiradi. Boshqacha qilib aytganda, amaliyotda ongli va vujudga keluvchi strategiyalarning ma’lum kombinatsiyasi amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilganlarga asoslangan holda quyidagi asosiy xulosani keltirish mumkin. korxona strategik harakatini shakllantirishning moxiyati rivojlanish yqnalishini aniqlashdan, tanlangan mo’ljalga samarali yaqinlashish bqyicha chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan, shuningdek tanlangan strategiyani amalga oshirish jarayonini baholash va nazorat qilishdan iborat.
Strategiyani boshqarish ijrochilari
Firmaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer hisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi iazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiya-ni, uni bajarish yo’llarini ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha vitse- prezidentlar ham strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha javobgar hisoblanadilar. Har bir menejer o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha strategiyani ishlab chiqadi va uning bajarilishini kuzatib boradi.
Diversifikatsiyali kompannyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud:
-ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pog’onasi rahbari;
-alohida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
-muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar;
-asosiy tezkor bo’linmalar va mintaqaviy bo’limlar menejerlari.
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki ikkita menejer bo’ladi
Dostları ilə paylaş: |