Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish Ma’lumki, о‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar о‘ta muhim bir maqsadga, ya’ni hokimiyatlar bо‘linishi konstitusiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar о‘rtasida о‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bо‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni kо‘rishga qaratilgan edi.
Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga о‘tkazish, О‘zbekistonda mahalliy о‘zini о‘zi boshqarishning noyob shakli bо‘lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi.
2007 yilda О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan mamlakat Prezidenti bir vaqtning о‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanini belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy-huquqiy voqealardan biri bо‘ldi. Bugungi kunda Konstitusiyamizning 89-moddasida “О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi” degan qoida belgilab qо‘yilgan.
Shundan kelib chiqqan holda, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasini quyidagi tahrirda bayon etish taklif qilinadi:
“О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi О‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning о‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qо‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga о‘z lavozimi bо‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq О‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bо‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
О‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bо‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish kо‘radi, О‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasi о‘z faoliyatida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
О‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng kо‘p deputatlik о‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik о‘rinlarini qо‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan kо‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek, Prezident ma’ruzasida sud – huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va sо‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish hamda demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtarishni yanada chuqurlashtirish masalalari tо‘lig‘incha о‘z yechimini topdi.