Pirizdent asarlari



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə1/5
tarix24.03.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#89683
  1   2   3   4   5
П.Асар


Prezident asarlari.

Men bitiruv malakaviy ishimni kirish qismini boshlashdan oldin kelajagi buyuk Mamlakatimizda Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita rahnamoligida xalqimizning hech kimdan kam bо‘lmasdan tinch- totuv yashashi va farovonligi yо‘lida amalga oshirilayotgan oqilona va odilona siyosatidan g‘urur va iftihorga tо‘lib, Prezident kо‘rsatmalaridan saboq olish niyatida u kishining keyingi paytlardagi ma’ruza va nutqlari bо‘yicha imkon darajasida yozishni maqsadga muvofiq deb topdim.




1. Bu muqaddas vatanda azizdir inson.

Ushbu risolada О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 30 iyundagi “О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining о‘n tо‘qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish tо‘g‘risida” gi PQ – 1358- son Qarori hamda mamlakatimizda istiqlol yillarida ijtimoiy – siyosiy, huquqiy, ma’naviy – ma’rifiy va iqtisodiy sohalarda qо‘lga kiritilgan yutuqlar, ularning kо‘lami, mazmun – mohiyati, istiqboli tо‘g‘risida fikr yuritiladi. Unda bozor iqtisodiyoti sharoitida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ularning pirovard natijalari inson, uning qadr- qimmati, azizligi bilan belgilanishi va shu munosabat bilan mamlakatimizdagi tub о‘zgarishlar, ularning xususiyatlariga, yayniqsa, globallashuv jarayonlarida barkamol avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratilgan.


Ma’lumki, har bir xalq erkin, farovon yashash xuquqiga ega va buni aziz deb biladi. Jumladan, har bir inson ham bunday huquqga ega. Zotan, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida inson va Fuqarolar huquqlari, erkinlik va burchlari kafolatlari belgilanib berilgan.
Hozirgi paytda inson huquqlari bо‘yicha 400 ga yaqin xalqaro hujjat mavjud. Mamlakatimiz qonunlarini inson huquqlari sohasidagi mazkur meyor va andozalarga muvofiqlashtirish, bu sohada milliy harakat dasturini ishlab chiqish, inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qо‘shilishda davom etib, ular bо‘yicha majburiyatlarni bajarishning mexanizmi yaratildi.
Umuman olganda, islohotlar markazida insonning oliy qadriyat sifatida baholanishi mamlakatimiz strategik vazifalariga hamohangdir. Xususan, bu boradagi barcha о‘zgarishlarni mazmun - mohiyati ham inson va uning qadr- qimmatini kо‘tarish bilan bog‘liq.
Vatan va inson manfaati - oliy maqsad. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Bugun biz tarixiy davrda – xalqimiz о‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qо‘yib, tinch osoyishta xayot kechirayotgan, avvalambor, о‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyat qurish yо‘lida ulkan natijalarni qо‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz”, - degan edi. Avvalo, tarixan qisqa bu davr, bir о‘spirin yoshiga teng vaqt davomida davlatimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi borasida har tomonlama rivojlanish va yuksalish davri bо‘lganligi bugan hech kimga sir emas.
О‘zbekistonning mustaqilligi oson va о‘z - о‘zidan qо‘lga kiritilmadi, balki Yurtboshimiz rahnamoligidagi halqimizning sobitqadam va sermashaqqat faoliyatining natijasi bо‘ldi. Shu ma’noda istiqlol kimningdir in’omi emas, balki kо‘plab kurashlar, muntazam hamda samarali faoliyat asosida qо‘dga kiritilgan qonuniy natija, xalqimizning ulkan yutug‘idir.
Bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning e’tirofiga kо‘ra, Prezident Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan jamiyat hayotini tubdan isloh qilish, jahonda moliyaviy – iqtisodiy inqiroz bо‘lib turganiga qaramay, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy hayotni erkinlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish va bosqichma - bosqich modernizatsiyalash modeli amalda о‘zini tо‘la oqlamoqda.
Mustaqillik – xalqimizning ulkan yutug‘idir. Zero, mamlakatimizda millatlararo va dinlararo ziddiyatlarni oldini olish, ichki va tashqi buzg‘unchi kuchlarni bartaraf etish bо‘yicha amalga oshirilgan keskin choralar va ularnig ahamiyati vaqi о‘tibgina yanada qadrli bо‘lmoqda.
Mustaqillik – demokratik islohotlar kafolati. Prezident Islom Karimov asoslab berganidek, mamlakatni yangilash va modernizatsiyalash tadrijiylik va izchillikka erishish kafolat bо‘lib xizmat qilishi mumkin.
Taraqqiyotning о‘zbek modeli rivojlanish tamoyillarini tо‘g‘ri tanlab olishda asos bо‘lib xizmat qildi.

Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin