Pirizdent asarlari


Demokratik davlat qurish tamoyillari



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə2/5
tarix24.03.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#89683
1   2   3   4   5
П.Асар

Demokratik davlat qurish tamoyillari, ya’ni iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, davlatning bosh islohotchilik faoliyati, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy himoyani amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga evolyusion yо‘l bilan bosqichma - bosqich о‘tish О‘zbekistonning strategik rivojlanish uchun asos bо‘ldi.
Mamlakatimizda milliy davlatchilikni barpo etilishi ham puxta reja asosida bordir. 1992 yilda Asosiy qonunimiz – О‘zbekiston Respub- likasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bо‘linishi prinsipining eng muhim tamoyil sifatida belgilanishi – bularning barchasi davlat qurilishining yо‘nalishlarini belgilab berdi.
Ijro hokimiyatining samarali tizimi va tuzilmalarini yaratish maqsadida tub ma’muriy islohotlar amalga oshirilishi bugungi kunda о‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik instituti joriy etildi. Mahalliy о‘zini - о‘zi boshqarish organi tizimi, mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlash jarayonlari bosqichma- bosqich olib borildi.
О‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlarda ayrim mamlakatlardagidek shoshma - shosharlikka yо‘l qо‘yilmadi. “Demokratiya oroli ” bо‘lishga da’vo ham qilinmadi, chetdan tayyor demokratiya modelini ham kiritishga yо‘l qо‘yilmadi.
Mamlakatimiz xalqaro hamjamiyat oldida turgan dolzarb muammolarni hal etish ishiga qо‘shgan salmoqli hissasi, tashabbuslari evaziga, xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar faoliyatidagi samarali ishtiroki orqali о‘ziga obrо‘ orttirmoqda.
О‘zbekiston – yuksak ma’naviyatni qadrlaydigan yurt. Mustaqillik yillarida aholi ong va tafakkurini о‘zgartirishnig zarurligini hisobga olish doimo ustuvor bо‘lib keldi. Yurtboshimizning: “Ong va tafakkur о‘zgarmasa, hayot о‘zgarmaydi”, - degan g‘oyasi amalda о‘z isbotini topmoqda. Yangicha hayotni eskicha ong va tafakkur. Qarashlar bilan qurib bо‘lmasligini anglab yetish odamlar dunyoqarashining о‘zgarishiga olib keladi.


2. Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mо‘ljallangan eng muhim ustuvor yо‘nalishlarga bag‘ishlangan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan

Bu yil barchamiz ona yurtimiz, О‘zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug‘ sanalardan biri – Vatanimizning mustaqilligining 20 yillik shonli bayramini keng nishonlaymiz – dedi Mamlakatimiz Prezidenti. Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng kо‘lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq- ravshan belgilab olishni talab etadi.


Ayni paytda biz о‘z vaqtida tanlab olgan iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar tо‘g‘ri ekanini va amalda о‘zini tо‘la oqlaganini hayotning о‘zi yana va yana tasdiqlab bermoqda.
Ushbu modelning tamoyillari asosida mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bо‘yicha har tomonlama va chuqur о‘ylagan tadrijiy taraqqiyot dasturini izchil amalga oshirganimiz inqirozning, jahon bozoridagi keskin о‘zgarish va beqarorlikning iqtisodiyotiimzga, moliya va bank tizimiga salbiy ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi.
Bugun dunyo iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtsodiy inqirozi hali beri nihoyasiga yetgani yо‘q, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Dunyodagi taraqqiy topgan 20 ta davlat ishtirokida tashkil etilgan, “Katta yigirmalik” deb nom olgan guruh doirasida qabul qilinayotgan barcha chora - tadbirlarga qaramasdan, jahon iqtisodiyotida barqaror о‘sish sur’atla- riga erishish yо‘lida hozircha biron- bir jiddiy siljish kо‘zga tashlanayotgani yо‘q.
Biz bugun 2010 yil yakunlarini baholar ekanmiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror о‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi saqlanib qolayotganini qayd etishiz zarur. Shuni yana bir bor eslatib о‘tmoqchimanki deb, ta’kidlaydi Prezidentimiz, yurtimizda yalpi ichki mahsulotning о‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz, 2010 yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi. Jahon moliya institutlarining xulosasiga kо‘ra, bu dunyodagi eng yuqori kо‘rsatkichlardan biri ekan albatta barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Keyingi о‘n yilda, ya’ni 2000 yilga nisbatan taqqoslaganda, 2010 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot qariyb 2 barobar, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 1,7 barobar oshdi.
2010 yilda kasb - hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek, maktablarning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash bо‘yicha dasturlarni amalga oshirish yakuniga yetkazildi.
Umuman olganda, 2005-2010 yillar davomida 7 ming 800 dan ortiq umumtalim muassasasi, qariyb 1 ming 500 ta kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi va rekonstruksiya qilindi. Faqat 2010 yilda maktablar, kasb- hunar kollejlari va litseylarda 2 ming 300 tadan ziyod kompyuter texnikasi va multimedia uskunasi о‘rnatildi.
Unib - о‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash va bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dasturni amalga oshirish bо‘yicha ishlar izil davom ettirildi. Buning natijasida faqat 2010 yilning о‘zida 72 sport inshooti, 27 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi, umumiy qiymati 3 million AQSH dollariga teng bо‘lgan sport inventarlari va uskunalar joylarga yetkazib berildi.
О‘tgan yilda farzandlarimizning ijodiy qobiliyati va ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan musiqa va san’at maktablarining moddiy - texnik bazasini mustahkamlash bо‘yicha qabul qilingan dasturni amalga oshirish boshlandi. Agar 2009 yilda oltita musiqa va san’at maktabi qurilgan va rekonstruksiya qilingan bо‘lsa, hisobot yilida 46 ta ana shunday maktab foydalanishga topshirildi. Ularning qurilishiga 51 milliard sо‘mdan ortiq kapital mablag‘ yо‘naltirildi.
Birgina 2010 yilda byudjet sohasi muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori 32 foizga, aholining umumiy pul daromadlari esa jon boshiga 1,3 barobar oshdi.
2011 yili mamlakatmizda yalpi ichki mahsulotning о‘sish sur’atlari 108,3 foiz, sanoatdagi о‘sish – 109,3 foiz, qishloq xо‘jaligida – 105,8 foiz hajmida bо‘lishi kо‘zda tutilmoqda. Inflyatsiya darajasi 7-9 foiz atrofida bо‘lishi nazarda tutilmoqda.
О‘quv jarayoniga keng formatli kommunikatsiya tarmoqlari va internet texnologiyalarini joriy qilish maqsadida О‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘ini barpo etishni nihoyasiga yetkazish hamda 2011 yilda mamlakatimizning bara oliy о‘quv yurtlarini, keyinchalik esa akademik litsey va kasb- hunar kollejlarini yagona kompyuter axborot tarmog‘iga ulashni ta’minlash vazifasi yuklatiladi.
Mamlakatimizda 2011 yilning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, deb e’lon qilinishi barchamizning zimmamizga qanday ulkan mas’uliyat yuklashi, bu borada tayyorlanayotgan umumdavlat Dasturini hayotga tatbiq etish bizdan qancha kuch va mablag‘larni safarbar etishni talab qilishi haqida bugun gapirib о‘tirishning, о‘ylaymanki, zarurati bо‘lmasa kerak deb ta’kidladi Prezident Islom Karimov.
Mamlakatimizning barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga yanada keng erkinlik berish, byurokratik tо‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bо‘yicha zarur chora- tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin