Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


-shakl. Oʻquv jarayonida kreativ fikrlashning yor damchi omillari



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə14/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

1-shakl. Oʻquv jarayonida kreativ fikrlashning yor damchi omillari.

Shaxsiy yordamchi omillar

Ijtimoiy yordamchi omillar

Yutuq va rivojlanish
Maqsad

sari intilish


va ijodkorlik 
borasida oʻz-
o‘ziga ishonch
Soha bo‘yicha
tayyorgarlik
Boshqalar
bilan

hamkorlik


Vazifa

borasidagi


ishtiyoq

Aqliy
qobiliyatlar


Ochiqlik
Muammoni 
hal etish
Bilim

orttirish


Taʼlim

yondashuv-


lari

Maktab
va sinfdagi 


muhit
Madaniy

me’yorlar va


kutilayotgan 
natijalar
Kreativ

ifodalash





16
17



KREATIV FIKRLASHNING SHAXS BILAN BOGʻLIQ 


YORDAMCHI OMILLARI

AQLIY QOBILIYATLAR
30. Bir qator tadqiqotchilar ijodiy fikrlash uchun zaruriy aqliy 
qobi liyatlarni aniqlashga harakat qilganlar. Guilfordning (1956 [46])
o‘xshash (convergent) va tafovutli (divergent) fikrlash konsepsiyasi bu 
sohadagi tadqiqotlarga katta taʼsir oʻtkazgan. O‘xshash fikrlash deb,
odatda, javob topish maqsadida to‘plangan ma’lumotga asosan izlanish
anglash va qaror qabul qilishning an’anaviy va mantiqiy strategiyasini
qo‘llash qobiliyatiga aytiladi. (Cropley, 2006 [47]). Aksincha, tafovutli 
fikrlash – bu yangi yondashuvlarni qo‘llash va mavjud ma’lumotlardan
kutilmagan kombinatsiyalarni shakllantirish, shuningdek, bog‘lanishlar, 
fikrlash va o‘zgartirishning ma’no jihatdan o‘zgaruvchanlik va ravonlik
kabi layoqatlarini qo‘llash yo‘li bilan original g‘oyalarni ishlab chiqish 
qobiliyatidir (Cropley, 2006 [47]). Tafovutli fikrlash, shuningdek, tayyor
ko‘rsatmalardan voz kecha bilish, muammoga boshqacha yechimlarni 
qidirish, qolgan barcha vositalar kop boʻlmaganda, kutilmagan choralarga
murojaat qilish, muammolarga boshqa nuqtayi nazardan qarash, tayyor 
uslublardan voz kechib, yangilarini sinab koʻrish qobiliyati deb tavsiflangan
(Schank va Abelson, 1977 [48]; Duncker, 1972 [49]). Umuman olganda
tafovutli fikrlash aksar hollarda yangicha, noodatiy hamda kutilmagan
javoblarni hosil qilishdir.
31. Kreativ fikrlash koʻpincha tafovutli fikrlash istilohlarida tavsif-
lanadi, aksar tadqiqotlar bugungacha tafovutli fikrlash bilan bogʻliq aqliy 
jarayonlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Lekin, tadqiqotlar tahliliy yoki
qaror qabul qilish qobiliyati kabi o‘xshash fikrlashning aqliy jarayonlari 
ham kreativlik uchun muhim ekanligini yaqqol namoyish qilmoqda
(Cropley, 2006 [47]; Reiter-Palmon va Robinson, 2009 [50]; Tanggard va 
Glaveanu, 2014 [51]). Masalan, yangicha va qiymatli gʻoyalarni berish
qobiliyati avval boshqa, muammoni joʻyali taʼriflash kabi jarayonlarni 
amalga oshirishga bogʻliq boʻlishi mumkin (Runco, 1997 [52]). Darhaqiqat,
Getzels va Csikszentmihalyi (1976 [53]) aniqlashicha, rassomchilik bo‘yicha 


17
talabalarning muammoni taʼriflashdagi muvaffaqiyatlari ular chizgan 


rasmlarning estetik qiymati hamda oʻziga xosligining mezonlari bilan
chambarchas bogʻliqdir. Bu mezonlar, oʻz navbatida, ushbu talabalarning 
uzoq muddatda rassom sifatidagi muvaffaqiyatiga ham boʻgliq boʻlgan.
32. Maktab kreativlik uchun zaruriy boʻlgan aqliy qobiliyatlar va 
yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlaydigan taʼlim metodikasini targʻib qilishi
mumkin (Beghetto va Kaufman, 2010 [54]). Masalan, Mayer (1989 [55]) 
aqliy timsollarni (mental reprezentatsiyani) shakllantirishni oʻrganish
oʻquvchining ilm-fan, matematika hamda AKT dagi kreativligini yaxshilashi 
mumkinligini namoyish etgan.

Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin