Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə17/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

OʻZARO HAMKORLIK
44. Zamonaviy tadqiqot tobora kreativ fikrlashga individual yumush 
emas, koʻproq ommaviy xatti-harakat sifatida qaramoqda. Bunga yangi bilim
yaratishda guruhlarning faoliyatini tahlil qilishni misol keltirish mumkin. 
(Thompson va Choi, 2005 [77]; Prather, 2010 [78]; Grivas va Puccio, 2012
[79]; Scardamalia, 2002 [80]). Kreativ fikrlashni bunday anglashda ilgari 
surilgan asosiy fikr, ijodiy faoliyat inson va uning muhiti, jumladan, ushbu
muhitdagi boshqa insonlar orasidagi munosabatning natijasi ekanligidir. Bu 
yoʻsinda, kreativ fikrlash va faoliyat doimiy «bajarish» (muhitga qaratilgan
xatti-harakat) va «duchor boʻlish» (muhitning aks harakatini qabul 
qilib olish) sikli sifatida shakllantirilgan (Glaveanu va boshqalar., 2013
[44]). Oʻzaro hamkorlik natijasida guruhlar alohida insonning qobiliyati 
yetmaydigan murakkab muammolarga yangicha yechimlarni taklif etishi
mumkin (Warhuus va boshqalar. 2017 [81]).
45. Hamkorlikdagi kreativ fikrlash borasidagi tadqiqotlarga ko‘ra,
guruh aʼzolari maqsadli, opportunistik vaziyatdan kelib chiquvchi va 
tartibsiz murakkab jarayonlarda ishtirok etgan holda, maqsad qoʻyadi
va uning roʻyobga chiqishini kuzatadi, bunda guruhning turli aʼzolari 
oʻzining kuchli tarafiga asoslanib, guruhda yetakchilikni oladi. Xususan,
muzokara va badiha usulidagi olib boriladigan jarayonlarda qatnasha 
olish yangi gʻoyalarni yaratishga zamin tayyorlaydi (Montuori, 2003
[82]; Tsoukas, 2009 [83]). Hamkorlik natijasida, faoliyat gʻoya yaratish va 
takomillashtirish bilan bogʻlanadi, gʻoyalardagi kamchilik tuzatiladi, boshi
berk muammolarni aylanib oʻtish yoʻllari kashf etiladi.
46. Hamkorlikda ishlay olish qobiliyati taʼlim kontekstida ham bilim
yaratishning muhim qismidir. Oʻquvchilar boshqalarning gʻoyalarini kashf 
etib, ular asosida yangi gʻoyalarni yaratishi va shu orqali hamkorlikda
yangi bilimlarni yaratishida maktab qulay zamin sifatida xizmat qiladi. 


21
Oʻquvchilar oʻzgalarning gʻoyasidan bahramand boʻlishni, hammuallif lik 


va hamkor faoliyatni oʻrganishi kerak (Starko, 2010 [84]; Scardamalia,
2002 [80]).



Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin