31
etishga, umuman olganda, maʼlumot, kommunikatsiya va dizayn qanday
ishlashini yaxshiroq anglashga yordam beradi. Kreativ vizual ifodalashning
soʻnggi yillarda ahamiyati oshmoqda: raqamli rasm va dizayn dasturlarining
koʻ payib ketishi natijasida, bir kuni deyarli barcha insonlar yo oʻzlariga,
yoxud atrofdagilarga taʼsir qiladigan
vizual kommunikatsiya bilan
shugʻullanadi lar (masalan, ishga kirish uchun yuborayotgan rezyumening
vizual koʻr kamligining ahamiyati haqida oʻylab koʻring).
78. Vizual ifodalash domeni uchun tuzilgan test savollari oʻquvchilardan
quyidagilarni talab etadi: dijital chizish vositasi orqali ochiq turdagi vizual
dizayn
vazifasini bajarish; taklif etilgan ssenariy asosida vizual dizayn
gʻoyasini berish (masalan, muayyan detalni qoʻshish haqida va hokazo);
vazifada keltirilgan koʻrgazma shaklini takomillashtirish gʻoyasini berish.
IJTIMOIY MUAMMONI HAL QILISH
79. Kundalik hayotda oʻquvchilar turli oʻzaro
munosabatlaridagi va
jamiyatdagi muammolarni yechishda kreativ fikrlashdan foydalanadilar.
Ushbu kontekstda kreativ fikrlash muammoning nafaqat texnik jihatini,
balki ijtimoiy jihatini, yaʼni boshqalarning ehtiyoj va nuqtayi nazarini hisob-
ga olgan holda, shaxslararo, jamiyatdagi va dunyodagi global muammolarni
yechishdan iborat. Ushbu domendagi kreativ fikrlash oʻquvchining
boshqalarga hamdard boʻlish hamda muayyan guruh ehtiyojlarini anglash,
bogʻliqliklarni aniqlash va emotsional qiymatga ega gʻoyalarni berish hamda
innovatsion, lekin ayni damda tatbiq etilishi mumkin boʻlgan yechimlarni
taklif etish qobiliyatiga bogʻliqdir (Brown va Wyatt, 2010 [110]).
80. Ijtimoiy muammoni hal qilish domenidagi test savollar oʻquvchidan
quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi: yakka tartibda yoki ehtimoliy
guruh ssenariysida ijimoiy ahamiyatga
ega ochiq muammoni yechish
vazifasini bajarish; berilgan ssenariy asosida ijtimoiy muammolarga yechim
topish; tayyor yechimni yanada takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: