Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə21/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

IJO DIY FAOLIYAT
58. Kreativ fikrlash qobiliyati ko‘rsatkichlari, ayniqsa, kreativ fikr lash 
jarayonining katta qismi ko‘rinmaydigan topshiriqlarda o‘quvchilar ijodiy
ishlarining kreativligini ta’minlaydi. Demak, o‘quvchilarning ijod mahsuli 
ularning ijodiy fikrlash jarayoni muvaffaqiyatli boʻlganmi, yoʻqligini
aniqlashda qoʻl keladi (Amabile, 1996 [35]; Kaufman va Baer, 2012 [102]).
59. Yillar mobaynida turli sohalardagi ijodiy mahsulning tahlili va
ahamiyati haqida salmoqli tadqiqotlar oʻtkazildi. Ilmiy adabiyotda qabul 
qilingan tavsifga koʻra, ijodiy mahsulot muayyan ijtimoiy muhitda qabul
qilingan normalarga muvofiq ham yangicha, ham foydalidir. Maktab 
sharoitida, ijodiy faoliyat turli kundalik shakllarni olishi mumkin: masalan,
yozish, chizish, musiqa va boshqa sanʼat shakli orqali ifodalash faoliyati; 
yangi bilim va tushuncha yaratish; ochiq muammolarning turli shakllariga



25
yangicha yechim taklif etish. Oʻquv jarayonidagi ushbu ijodiy faoliyatning 


shakllari sohalararo xususiyatga ega boʻlib, sanʼat va fan darslari kabi
anʼanaviy fanlar bilan kifoyalanmaydi (Beghetto va Kaufman, 2010 [54]; 
Sawyer, 2011 [103]).

IJODIY IFODA
60. Ijodiy ifoda insonlar ichki dunyosi va kechinmalarini boshqalar-
ga izhor qilayotgan hollarda ijodiy faolyatning ham verbal (ogʻzaki), ham
noverbal (ogʻzaki boʻlmagan) shakllaridan iboratdir. Verbal ifoda deb, tildan, 
ham yozma, ham oʻgʻzaki izhorda foydalanishga aytiladi. Noverbal ifodaga
nafaqat chizma yoki musiqiy izhor, balki raqs va sahnadagi aktyorlik kabi 
maʼnodor xatti-harakatlar ham kiradi.

BILIM YARATISH
61. Bilim yaratish deb, ilmni taraqqiy ettirishga 
aytiladi, bunda urgʻu yutuqning oʻzida emas, koʻproq
taraqqiyotga beriladi. Masalan, yaxshilan gan 
asoslar yoki nazariyalar kabi takomillashtirilgan
konseptual gʻoya larni shakllantirish kabi. 
Scardamalia va Bereiter (1999 [99]) dizayner, olim
va yosh talabalarning ishi oʻrtasida parallellarni 
aniqlaganlar: masalan, sohasidan qatʼi nazar,
oʻzgalarning kashfiyotini izohlash va mavjud nazariyalardan anglash 
maqsadida bilimni rekonstruksiya qilish barcha uchun foydalidir.

Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin