Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə24/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

Yozma

Vizual

Ilmiy

Ijtimoiy

Muammoni hal qilish

Kreativ ifodalash

2-shakl. Sinovda baholanishi kerak boʻlgan domenlar.

YOZMA IFODALASH
74. Yozma ish ham maktab kontekstida, ham uning tashqarisida kreativ 
ifodalashning tabiiy vositasidir. Yozuvchilik bolalarning aqliy va muomala



30
31


koʻnikmalarini takomillashtirishda muhim oʻrin tutadi (Tompkins, 1982 

[106]). Ravon yozuvchilik mantiqiy izchillikni talab etadi. Ijodkor yozuvchi


insonlarni uning xayolotini anglashga va unga ishonishga chaqiradi. Bu esa 
yozuvchi detal va izchillikka urgʻu berishini taqozo etadi. Masalan, hatto
jinlar va oʻzga sayyoraliklar haqidagi xayolotga asoslangan hikoyalarda 
ham ichki mantiqiylik boʻlishi, muallif yaratgan dunyo ichida maʼno boʻlishi
kerak.

75. Yozuvchilik bilan shugʻullanayotgan in-


sonlar yozuvchilik mahorati va jarayoni borasida 
tafakkur qiladilar, oʻz ishidan kutilgan natijalarni
aniqlab oladilar va boshqalarning matniga ijodiy 
munosabat bildiradilar (Carter, 2001 [107]).
Ushbu qadamlar oʻquvchi uchun intellektual va 
emotsiyonal rivoj lanishning yangi qirralarini
ochishi, oʻzlarini va atrof-muhitni yax shiroq 
anglashga yordam berishi mumkin (Essex, 1996
[108]). Ustiga-ustak, ijodiy yozuvchilik faqat 
adabiyot janri bilan kifoyalanib qolishi shart
emas, hujjatli nasr ham ijodiy boʻlishi mumkin.
76. Kognitiv testda, o‘quvchilar oʻz xayolotini yozma ravishda ifodalay
olish qobiliyatini namoyon qilishi kerak. Bunda ular yozma muomalani turli 
auditoriya uchun tushunarli va oʻziga xosligini namoyon qiladigan tarzda
qoida va tartiblarga amal qilishi lozim. Yozma ifodalash sohasi uchun bir 
qator test shakllari ishlab chiqilgan. Oʻquvchilarga beriladigan vazifalarda:
ochiq va xayoliy yozma ish (buni tekshiruvchilar inson boʻlgani bois, hajm 
cheklovi mavjud); sarlavhasini tanlash kerak boʻlgan rasm kabi turli yozma
formatlarga gʻoya berish; boshqalarning (testda taqdim etiladigan) yozma 
ishini ijodiy takomillashtirish talab etiladi.

Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin